2017 yilning 11 oyi davomida Toşkent şahar IIBB sohaviy xizmatlari tomonidan 957 ta jinoyat “izi sovumasdan” foş etildi. Bu haqda ŞIIBB matbuot xizmati rahbari Azizjon Teşaboyev matbuot brifingida ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda tadbirda iştirok etgan KUN.UZ muxbiri.

“Sodir etilgan jinoyat uçun javobgarlik muqarrarligini ta'minlaş maqsadida olib borilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida 11 oy davomida 957 ta, dekabr oyi davomida 19 ta, şu jumladan 520 ta öğirlik, 224 ta firibgarlik, 20 ta oğir tan jarohati yetkaziş, 21 ta qotillik, 34 ta bosqinçilik, 50 ta talonçilik, 24 ta bezorilik, 18 ta avtomaşinalarni olib qoçiş va 46 ta boşqa jinoyatlar foş etildi”, - dedi Teşaboyev.
Uning qayd etişiça, bugungi kunda poytaxt şahar hududida jinoyatlar soni şu yilning 11 oyi mobaynida ötgan yilning şu davriga nisbatan 15 foizga kamayişiga erişilgan.
“Toşkent şahri hududida joriy yilning 11 oyida qayd etilgan jinoyatlar 12302 tani taşkil etib, ötgan yilning şu davriga nisbatan 2181 taga, ya'ni 15 foizga kamayganligini (2016 yil 11 oyida 14483 ta qayd etilgan) alohida ta'kidlab ötiş joiz. 2016 yilning 9 oyi davomida jami 331 ta, noyabr oyining özida 331 ta firibgarlik jinoyati qayd etilgan bölib, joriy yilning noyabr oyida 158 ta firibgarlik röyxatga olingan. Bu turdagi jinoyat ikki barobar, ya'ni 173 taga kamayişiga erişilgan. Bundan taşqari, yil boşidan 1 956 nafar, oy davomida 36 nafar qidiruvda bölgan jinoyatçilar uşlandi”, - deya ma'lum qildi ŞIIBB rasmiy vakili.
















