Eron taşqi işlar vaziri Muhammad Javod Zarif Yevropa mamlakatlarini “AQŞning yölidan yurmaslikka” va Eron yadro dasturi böyiça kelişuvni muhokama etişda “yangi keraksiz inqiroz”ni avj oldirmaslikka çaqirdi.
"Hozirda bizning asosiy vazifamiz – Yevropa mamlakatlarini yadro dasturi böyiça kelişuv doirasidan taşqarida bölgan masalalarga doir ikkilanişlardan qoçişga va Oq uyning yölidan yurmaslikka çaqiriş", - deya yozgan Zarif AQŞning New York Times gazetasi uçun maqolasida. Uning ta'kidlaşiça, “AQŞning iqlimdan tortib Falastin masalasigaça bölgan işonçsizligi oldindan kutsa böladigan holatga kirib böldi”.
Zarifning ta'kidlaşiça, "yadro dasturi böyiça kelişuv – diplomatiyaning qarama-qarşilik ustidan noyob ğalabasi, hamda uni yöq qilib taşlaş xato bölgan bölardi". "Yevropa Vaşingtonning asosiy e'tiborni navbatdagi keraksiz inqiroz qaratiş böyiça – bu Eron yadro dasturi böladimi yoki bizning Yaqin Şarqdagi ta'sirimizmi – şu boradagi qat'iyligi bilan qöşilişi kerak emas", - deya qayd etib ötdi u.
Eron va xalqaro vositaçilarning "oltiligi" (Rossiya, AQŞ, Buyuk Britaniya, Xitoy, Fransiya, Germaniya) 2015 yilning 14 iyul kuni Eron atomi böyiça köp yillik muammoga yeçim topiş töğrisidagi tarixiy kelişuvga erişdi: Qöşma keng kölamli harakatlar rejasi qabul qilindi, uning bajarilişi esa Erondan avval BMT Xavfsizlik Kengaşi, AQŞ hamda Yevroittifoq tomonidan joriy etilgan iqtisodiy va moliyaviy sanksiyalar olib taşlanişini anglatadi.
Şu yilning oktabr oyi örtalarida esa AQŞ prezidenti Donald Tramp amerikaliklarga murojaatida kongressga Eron yadro dasturi böyiça kelişuvga rioya etayotganini rasman tan olişdan boş tortdi, biroq xalqaro darajada bu borada jiddiy fikr bildirmadi.
AQŞ prezidentining xabar berişiça, Oq uy Eronga oid xalqaro kelişuvdagi “jiddiy kamçiliklar” yuzasidan kongress bilan işlaşda davom etadi. Şuningdek, Tramp agarda kongress va ittifoqçilar bilan muloqotda kelişuvni tuzatiş imkonsiz bölsa, u “bekor qilinişi” bilan tahdid qildi.

















