Jahon maydonida kelişmovçilik va ziddiyatlar tobora kuçayib hamda köpayib borayotgani, ularning qurolli harakatlarga aylanib ketiş xavfi ortayotgani qurol-yaroğlar savdosi avj olişiga turtki bermoqda. Stokgolm xalqaro tinçlik tadqiqot instituti – Stockholm International Peace Research Institute (SIPRI)ning bu yilgi hisoboti şunday fikrni ta'kidlamoqda. 

Dunyoning 100 ta qurol-yaroğ işlab çiqaruvçi kompaniyalari tomonidan sotilgan qurollar va körsatilgan harbiy xizmatlar hajmi 2016 yilda 2015 yilga nisbatan 1,9 foizga ösdi. AQŞ va Rossiya bu borada qurollar sotiş miqdorini oşirdi. Stokgolm instituti jahonning 100 ta yirik harbiy-sanoat kompaniyasi reytingini e'lon qildi. 

Tahlilçilarning qayd etişlariça, 2016 yili sönggi beş yilda ilk bor savdo hajmi kötarilgan. Amerika kompaniyalari umumiy qurol-yaroğlar savdosida öz uluşini 4 foizga yaxşilab olgan. AQŞning jahon qurollar savdosidagi umumiy uluşi esa, 57,9 foizni taşkil etmoqda va hamon birinçi örinni egallab turibdi. Ğarbiy Yevropa davlatlari ham qurollar savdosini 0,2 foizga oşirişning uddasidan çiqişgan. Reytingga kiritilgan Rossiya kompaniyalarining 2016 yildagi uluşi 3,8 foizga ösgan, biroq ekspertlar ösiş sur'ati sekinlaşganini ta'kidlaşgan. 
Umuman olganda Rossiyaning jahon qurol-yaroğlar savdosidagi uluşi 7,1 foizni taşkil etmoqda.

Tadqiqotçilar bunda "yangi işlab çiqaruvçilar" toifasiga kiritgan kompaniyalarga ham e'tibor qaratgan. Ular asosan Braziliya, Hindiston, Janubiy Koreya va Turkiyada joylaşgan. Ösayotgan bozorlar röyxatini Janubiy Koreya işlab çiqaruvçilari 20,6 foizlik körsatkiç bilan boşqarib bormoqda.

Foto: CNNMoney

Umuman olganda, 2016 yil yakunlariga doir reytingda ham avvalgi yillarda bölgani kabi AQŞ va Ğarbiy Yevropa mamlakatlari kompaniyalari yetakçilik qilmoqda. Röyxatdagi 100 kompaniyaning 63 tasi ayni mintaqalarga töğri keladi. Rossiya kompaniyalari soni 11 tadan 10 taga kamaygan. 

Röyxatni bir neça yil mobaynida Amerikaning Lockheed Martin konserni egallab turibdi. Ikkinçi örinda AQŞning yana bir kompaniyasi – Boeing boryapti. Yetakçi uçlikni ayni mamlakatning Raytheon firmasi yakunlamoqda.