10 dekabrda Iroq poytaxti Bağdodda IŞID jangarilari ustidan qozonilgan ğalaba şarafiga harbiy parad bölib ötdi. Paradda harbiylar va politsiyaçilar hamda aviatsiya iştirok etdi. Qöşinlar markaziy maydon böylab yurib ötişdi.
Paradni Iroq boş vaziri Haydar al-Obodiy qabul qildi. Uning qaroriga köra, 10 dekabr endi Iroqda har yili milliy bayram sifatida nişonlanadi.
Bundan avvalroq al-Obodiy Iroqda IŞIDga qarşi uruş ğalaba bilan yakunlanganini e'lon qilgandi. Terrorçilar nazoratida qolgan sanoqli hududlar çöllarda joylaşgan.
IŞID Iroqqa 2014 yilda kirib borgan. Öşanda jangarilar köplab şaharlarni, jumladan Iroqning yirikligi böyiça ikkinçi şahri Mösulni bosib olgan. Mösul uzoq davom etgan hujumdan keyin 2017 yilda ozod qilingan.

















