2018 yil 1 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga davlat taşrifi doirasida 2017 yil 12 mayda imzolangan Özbekiston Respublikasi Hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati örtasida xalqaro avtomobil transporti töğrisidagi bitim kuçga kiradi. Bu haqda Özbekiston TIV axborot xizmati xabar bergan.

Bitimning 21 moddasi şartlariga muvofiq hujjat tomonlarning diplomatik kanallar orqali davlat içkarisidagi zaruriy amallar bajarilganligi töğrisida sönggi yozma xabari qabul qilgan vaqtdan boşlab 30 kun ötgaç kuçga kiradi. Xitoy tomonining tegişli xabari 2017 yilning 2 dekabrida qabul qilindi.

Bitimning asosiy maqsadi ikki davlat örtasida xalqaro avtomobil taşuvlarini va ularning hududlari orqali tranzit ötişlarni amalga oşiriş uçun özaro maqbul huquqiy şaroitlarni yaratiş hisoblanadi.

Bitimga muvofiq, tomonlar ikki davlatdan birida röyxatdan ötgan transport vositalari orqali vakolatli davlat organlarining özaro kelişuvi asosida belgilangan yönalişda xalqaro avtomobil taşuvlarini öz davlatlari hududida amalga oşiriş huquqini beradilar.

Hujjatning şartlariga muvofiq, ikki tomonlama va tranzit taşuvlar ikki mamlakatning vakolatli organlari, xususan, Özbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi va XXR Transport vazirligi tomonidan berilgan ruxsatnomalar asosida amalga oşiriladi. Şu maqsadda vakolatli organlar har yili bir-biriga yuklar olib ötiş uçun ruxsatnoma blankalarining özaro kelişilgan miqdorini taqdim qilişadi.

Mazkur Bitim ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlanişiga ijobiy turtki beradi, ikki mamlakat örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengayişi uçun yangi istiqbollarni oçadi va özaro manfaatli taşuvlar bozorini şakllantirişga xizmat qiladi.