Özbekiston şaxmat federatsiyasi özbekistonlik xalqaro grossmeyster Anton Filippovning ijtimoiy tarmoqlardagi çiqişiga rasmiy munosabat bildirdi.
«Har bir sportçi uçun özi tuğilib ösgan mamlakat şarafini himoya qiliş ulkan şarafdir. Professional sportga qadam qöygan har bir Özbekiston fuqarosi, şubhasiz, öz oldiga xalqaro arenalarda vatan şa'ni, millat ğururi uçun kuraşişni maqsad qilib qöyadi. Buni u jar solib e'lon qilmaydi. Vaqti kelib, munosib yoşlarga örnini böşatib berayotganda ham.
Ançadan buyon şaxmat böyiça milliy terma jamoa çaqiruvlariga rad javobini berib kelayotgan Anton Filippov esa, terma jamoadan ketişini negadir «sensatsiya» tarzida e'lon qilişga jazm etdi.
Anton Filippov Özbekiston terma jamoasini tark etişi töğrisida oldin ham, ya'ni 2013 yili ötkazilgan Özbekiston şaxmat federatsiyasi ijroiya qömitasi yiğilişida ham bildirgan edi. Öşanda Filippov agar har yili unga 6000 AQŞ dollari miqdorida pul tölanmasa, terma jamoani tark etişini ma'lum qilgandi. Albatta, Federatsiya uşbu «ultimatum»ga javoban, şaxmatçi imkon doirasida rağbatlantirilişini ma'lum qilgan, jumladan, uning xalqaro musobaqalarda iştirok etişi uçun Toşkent-Olmaota-Toşkent va Olmaota-Şarja-Olmaota yönalişi böyiça aviaçiptasi puli tölab berilgan edi.
Anton Filippovning milliy terma jamoa a'zosiga tölanadigan kompensatsiya berilmagani uçun milliy terma jamoani tark etişini ma'lum qilgani qiziq hol, albatta. Çunki, şu yilning sentabr oyiga qadar unga uşbu kompensatsiya tölab kelindi. Savol tuğiladi? Anton Filippovga milliy terma jamoa röyxatida böliş kelgusi maqsadlarini amalga oşiriş uçun xalaqit beryaptimi? Nima uçun bu haqida Özbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qömitasi, Sport öyinlari böyiça Respublika oliy sport mahorati maktabi va Özbekiston şaxmat federatsiyasi rahbariyatini yozma ravişda ogohlantirmasdan, aynan internet sahifalarida bu qarorini e'lon qilmoqda?
Anton Filippov Özbekistonda sportga, jumladan, şaxmatga berilayotgan e'tibor töğrisida zarraça ham ma'lumotga ega emas körinadi. Uning xalqaro grossmeyster darajasiga erişişida davlatimiz uni xalqaro sport musobaqalariga yuborib kelgani katta rol öynagani yodidan kötarilgan körinadi.
Aks holda, «6000 AQŞ dollari bermasalaring, Özbekiston şarafini himoya qilmayman», dermidi?! Buning asl sababi, hozirgi vaqtda Qozoğistonda istiqomat qilayotgani va Qozoğiston fuqarosi Viktoriya Sergeyevaga uylangani emasmikan?
Aytiş lozimki, köplab xalqaro grossmeysterlarimiz xorijiy davlatlarda işlab, öz murabbiylik mahoratini oşirib kelmoqda. Köpçiligi hozirgi vaqtda Özbekistonga qaytib murabbiylik faoliyati bilan şuğullanmoqda. Ularning heç biri tomonidan heç qaçon Özbekiston şaxmatiga xizmat qiliş borasida e'tirozlar bildirilmagan.

















