KXDRning BMTdagi doimiy vakolatxonasi AQŞ va uning ittifoqçilari Şimoliy Koreya bilan «siyosiy va harbiy qarama-qarşilikda» mağlub bölişgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda doimiy vakolatxona tomonidan tarqatilgan matbuot relizida aytiladi, deb xabar qilmoqda «Interfaks».
Bayonot AQŞ va Yaponiya BMT Xavfsizlik Kengaşida KXDRdagi inson huquqlari sohasidagi vaziyat böyiça yiğiliş ötkaziş taşabbusi bilan çiqqani tufayli berildi.
«Biz yiğilişini qat'iy qoralaymiz, u duşman kuçlarning çorasizlik akti bölib, ular KXDR bilan siyosiy hamda harbiy qarama-qarşilikda mağlub bölişdi, u yadro davlatlari darajasiga oçiq kötarildi», - deya ma'lum qilişgan Şimoliy Koreyaning doimiy vakolatxonasidan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Amerika razvedkasi 2006 yilda AQŞ kongressini Pxenyan biologik qurolni maxfiy tarzda işlab çiqiş bilan şuğullanayotgani haqida ogohlantirgandi, ayni damda bu dastur eng yuqori pallaga çiqqani xabar berilgandi.

















