Amerika razvedkasi 2006 yilda AQŞ kongressini Pxenyan biologik qurolni maxfiy tarzda işlab çiqiş bilan şuğullanayotgani haqida ogohlantirgan. Ayni damda bu dastur eng yuqori pallaga çiqdi, deb yozmoqda The Washington Post razvedka doiralaridagi ekspertlar hamda manbalarga tayangan holda.

Ön yil muqaddam ekspertlar Şimoliy Koreyaga qurolni tölaqonli yaratiş uçun texnik könikmalar yetişmayotganini ta'kidlab ötişgandi. Biroq ayni damda vaziyat özgardi. KXDR «bioqurolning ilğor dasturi uçun ehtimoliy foydalanilişi mumkin bölgan kerakli mexanizmlarni qölga kiritiş yölida tinimsiz harakatlanmoqda», deb yozadi WP.

Bundan taşqari, ta'kidlanişiça, KXDR hukumati olimlarni xorijga mikrobiologiyani örganiş uçun yubormoqda.

Voqealarning bunday rivoji amerikalik tahlilçilarni vahimaga soldi. Ularning fikriça, Şimoliy Koreya agar xohlasa biologik patogenlarni sanoat kölamida işlab çiqarişni yölga qöyişi mumkin.

«Agarda bu ertaga boşlansa, buni payqamasligimiz ham mumkin. Bunda bizga faqat omad kulib boqişi hamda ma'lumot yetkazib beruvçilar kerakli joyda bölişi hal qiluvçi örinni egallaydi», - deya aytib ötgan naşrga öz nomini oşkor etmagan amaldor.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ KXDR bilan töğridan-töğri muzokaralarga tayyorligi, faqat bu agarda Pxenyan yadro qurolidan xoli hududni yaratiş jarayonini boşlasagina röy berişi mumkinligi xabar qilingandi.