Xitoyning eng yirik kompaniyalaridan biri Özbekiston qişloq xöjaligi sohasiga yarim milliard dollarlik investitsiya kiritiş böyiça bitim imzoladi. 

5–12 dekabr kunlari Xitoyning Xenan provinsiyasidagi Wanbang kompaniyasining rahbariyati Özbekistonning XXRdagi elçisi Baxtiyor Saidovning tavsiyasi bilan mamlakatimizga taşrif buyurdi.

Wanbang kompaniyasi Jyengjou şahrida 40 000 kv.m maydonga joylaşgan, ulgurji savdoga möljallangan eng yirik oziq-ovqat logistika markazini barpo etgan. Uşbu logistika markazida 6500 korxona faoliyat yuritadi. Markazda 150 mingdan ortiq kişi turli mahsulotlar bilan savdo qilib, ular uçun turli qulayliklar hamda logistika markazi yonida köp qavatli apartamentlar barpo etilgan. Kompaniya 50dan ortiq mamlakat bilan hamkorlik qilib keladi.

Xitoy oziq-ovqat bozorining 37 foizini egallagan uşbu kompaniya vakillari Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida bölib, Özbekiston bilan hamkorlik riştalarini rivojlantirişga katta qiziqiş bildirdi. Özbekiston va XXR hamkorligining kordinator vakili «Oziq-ovqat xolding»ning Xitoy yunalişi böyiça bölim boşliği Dilşod Mullabayevning taklifi va kompaniya rahbariyatining xayrixohligi bilan qişloq xöjaligi, jumladan, çorvaçilik mahsulotlarini yetiştiriş, köpaytiriş, qayta işlaş va qadoqlaş böyiça hamda tayyor mahsulotlarni eksport, import va reeksport qiliş kabi yönalişlarda 15dan ortiq loyihani amalga oşiriş böyiça kelişuvga imzo çekildi.

Uşbu loyihalarni moliyalaştiriş uçun jami 500 million dollarlik investitsiyalar jalb qilinadi. Uşbu kelişuv Henan Wanbang Selected Supply Chain Management Co.Ltd, Özbekiston Respublikasi Qişloq va suv xöjaligi vazirligi va «Oziq-ovqat xolding» örtasida imzolandi.

Imzolangan kelişuvga köra, Özbekistonning erkin iqtisodiy zonalarida 10 000 gektarlik xududga logistika markazlari, qişloq xöjalik mahsulotlarini qayta işlaş obektlarini barpo etiş közda tutilgan. Bundan taşqari, Özbekistonda yetiştirilgan 100 ming tonna moşni Xitoyga eksport qiliş rejasi ham bor. Muzokaralarda Özbekiston qişloq va suv xöjaligi vaziri örinbosari Otabek Mustafoyev, «Oziq-ovqat xolding» raisi Tohirjon Jalilov, Özbekiston va XXR hamkorligidagi kordinator vakili, xoldingning Xitoy yönalişi böyiça bölim boşliği Dilşod Mullabayev va Xitoyning Henan Wanbang Selected Supply Chain Management Co.Ltd kompaniyasining boş menejyeri Çen Guanxun iştirok etişdi.