Keça — 11 dekabr kuni Yevropa Çempionlar Ligasining pley-off bosqiçiga qur'a taşlaş marosimi bölib ötgandi. Unga köra, çorak finali yölida töqnaşadigan 8ta juftlik nomi aniq böldi.

8ta bellaşuv ikki hafta davomida ötkaziladi. Dastlabki uçraşuvlar 13-14 fevral va 20-21 fevral kunlariga, javob uçraşuvlari 6-7 mart va 13-14 mart kunlariga belgilangan.

ŞAXTYoR - ROMA

Har ikki jamoa ham qur'a natijasidan rozi bölişlari tabiiy, sababi, bundan kuçliroq raqiblar röbaru kelişi ham mumkin edi. Uşbu juftlik ğolibi göyoki çorak finalda eng kuçsiz raqib bölişi mumkinligi taxmin qilinayotgan bölsa-da, bu jamoalarni mağlub etiş har qanday klubga oson bölmaydi.

«Şaxtyor» guruhda A Seriya peşqadamlaridan biri «Napoli»ni ortda qoldirganini hisobga olsak, «Roma» bu jihatga jiddiy e'tibor qaratişi lozim. Öz navbatida, rimliklar «Atletiko» va «Çelsi» kabi kuçli jamoalar qatnaşgan guruhda peşqadam bölgan.

Xullas, bu juftlik YeÇL durdonasi emas, ammo teng va keskin kuraş kerak bölsa, bu öyinlardan topişingizga kafolat bor.

Fakt: Jamoalar 2010/11 mavsumidagi 1/8 finalda ham raqib bölişgan. «Şaxtyor»ning Rimdagi (3:2) ğalabasidan söng, «Roma» boş murabbiyi Klaudio Raneri iste'foga çiqqan.

BeŞIKTOŞ - BAVARIYa

Nemislar guruhda ikkinçi örinni olib, pley-off oldidan özlarini xavfga qöygan bölişsa-da, omad kelganini aytiş mumkin. Aytiş mumkinki, guruh ğoliblari içida eng oson jamoa sifatida aynan turklar körsatilayotgandi.

Ammo bu faqat dastlabki xulosa. Birinçidan, «Beşiktoş» guruh bosqiçini bir maromda ötkazdi va oçko töplaş böyiça turk jamoalari uçun rekord körsatkiç qayd etdi. Ikkinçidan, sönggi ikki mavsumda milliy çempionatda ğolib çiqqan istanbulliklar uşbu mavsumda Turkiyada biroz beqaror, bu esa, ularga butun e'tiborni aynan YeÇL öyinlariga qaratiş imkonini beradi. Uçinçidan esa, turklarning Germaniyada deyarli mezbonlar kabi muxlislarning quvvatlaşlariga ega bölişlari sir emas.

Şuningdek, «Beşiktoş» guruh bosqiçida aynan nemis jamoasini har ikki öyinda mağlubiyatga uçratganini ham e'tirof etiş kerak.