«Tribuna» Ispaniya çempionatining 15-turi uçraşuvlariga töxtalib ötadi.

Tenglik faqat qoğozda

Zinedin Zidan jamoasi Sevilyada javobsiz 5 gol urdi. «Santyago Bernabeu»da «Sevilya»ga qarşi öyin oldidan Kriştianu Ronaldu özining beşinçi «Oltin töp»ini namoyiş etdi. Hafta boşida Parijda mukofotni qabul qilib olgan Ronaldu endi bu borada Lionel Messi bilan tenglaşib olgan. «Real» futbolçilari öz jamoadoşlarini tabriklab, kuçli raqibga qarşi öyinni yirik hisobdagi ğalaba bilan yakunlaşdi. 

«Sevilya» darvozasiga urilgan gollarning ikkitasiga Ronalduning özi mualliflik qildi, şuningdek, Kroos, Naço va Hakimi bittadan gol urişdi. Benzema esa birinçi golda Naçoni pas bilan ta'minlaş bilan kifoyalandi. Uning özi boş bilan zarba bergan vaqtda esa töp darvoza tösinidan qaytdi. Bu ğalabadan keyin «Real» turnir jadvalida 31 oçko bilan törtinçi örinda, birinçi örindagi «Barselona» bilan oradagi farq 8 oçkoni taşkil etadi.

Lekin «Real» bu «manita»dan (bir jamoaga beş gol uriş Ispaniyada şunday ataladi) keyin BAAdagi klublar örtasidagi jahon çempionatiga xuş kayfiyat bilan yöl olişini ta'minladi. Madridliklar oxirgi marta «Sevilya»ga 5ta golni 1993 yilda urişgandi, öşanda sevilyaliklar tarkibida Maradona va Simeone töp surardi.

Messi Myullerni quvib yetdi

«Vilyarreal» darvozasiga urilgan gollardan biriga muallif bölgan Lionel Messi katalonlar klubi safida urilgan gollari sonini 525taga yetkazdi. Argentinalik hujumçi bu orqali ötgan asrda «Bavariya» safida şunça gol urib, bir jamoa safida eng köp gol uriş böyiça rekordçiga aylangan Gerd Myullerga tenglaşib oldi.

Safar öyinida kataloniyaliklar avvaliga heç qanaqasiga «sariq submarinalar» mudofaasini buza olmayotgandi. Ammo öyinning 60-daqiqasida mezbonlar himoyaçisi Daniyel Raba öyindan çetlatildi va sondagi ustunlikdan mehmonlar foydalanib qolişdi. Avvaliga Luis Suares, keyinroq Lionel Messi darvozani işğol qildi va jamoaga navbatdagi 3 oçko keltirildi. 

Valensiyadagi «öğirlik»