Bugun, 11 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin birinçi marta Suriyada joylaşgan Xmaymim bazasiga keldi.

Rossiya rahbarini bazada Suriya prezidenti Başar Asad, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu va Rossiyaning Suriyadagi guruhi qömondoni Sergey Surovikin kutib oldi.

Putin bu yerda Suriyadan qöşinlarni olib çiqişni boşlaşga topşiriq berdi. Rossiyaga kontingentning katta qismi qaytadi, lekin aniq raqamlar aytilmadi.

«Mudofaa vaziri, Boş ştab boşliğiga Rossiya harbiy guruhini ularning doimiy joylaşuvi yeriga olib çiqib ketişga kirişiş haqida topşiriq beraman.

Rossiyalik harbiylar öz yaqinlarining oldiga ğalaba bilan qaytişmoqda. Vatan sizlarni kutmoqda, döstlar. Sizlarga xizmat uçun minnatdorlik bildiraman.

Agar terrorçilar yana boş kötarsa, biz ularga hali körmagan zarbalarni beramiz», — dedi Putin.