Rossiyalik tadbirkor Alişer Usmonov endilikda televizion biznes bilan şuğullanmaydi. U “Yu”, Disney, “Muz-TV”, STS, “Domaşniy”, “Çe” va CTC Love telekanallaridagi uluşini özining ança yillik hamkori Ivan Tavringa sotib yubormoqda.
Tavrin Usmonovning YuTV televizion xoldingidagi uluşini sotib olişga tayyorgarlik körmoqda. Bu haqda ikkita manba RBK naşriga ma'lum qilgan. Şuningdek, Usmonovning vakillari ham bu ma'lumotni tasdiqlaşgan.
Usmonovning aktivlarini boşqaruvçi USM Holdings direktorlar kengaşi a'zosi Ivan Streşinskiyning ma'lum qilişiça, “televizion aktivlar ular uçun ustuvor bölmagan, Tavrin uçun ular doimo ustuvor ahamiyat kasb etgan”.
“YuTVning mediabozorda bunday tajribaga ega bölgan bir odam qölida jamlanişi xolding uçun yangi imkoniyatlar yaratadi”, deb aytgan Streşinskiy.
“Ha, men janob Usmonovga tegişli uluşni sotib olmoqdaman”, deb ma'lum qilgan Tavrin, biroq bitim summasi va uning yopilişi muddatlari böyiça izoh berişni istamagan.
Bitim natijasida Tavrin YuTVga egalik qiluvçi "Novyy Media Xolding" MÇJning 58,29 foizini sotib oladi va undagi uluşini 100 foizga yetkazadi.
YuTV “Yu”, Disney, “Muz-TV”, STS, “Domaşniy”, “Çe” va CTC Love telekanallarini boşqaradi.
USM’da ta'kidlanişiça, ayni vaqtda tomonlar bitim böyiça kelişib olişgan va Federal antimonopol xizmati tomondan tegişli ruxsatni kutmoqdalar.
Usmonov va Tavrin 2009 yilda öz aktivlarini birlaştirib, mediabiznes böyiça hamkorlarga aylanganlar. Usmonov öşanda “Muz-TV” va 7TV telekanallariga, Tavrinning “Media-1” guruhi 30 ta hududiy telestansiyaga egalik qilgan.
Usmonov va Tavrin Forbes versiyasi böyiça Rossiyaning eng boy odamlari röyxatiga kiradilar. Naşrning oxirgi reytingiga köra, Usmonov hozirda 15,2 mlrd dollarlik aktiv bilan 5-örinni, Tavrin esa 500 mln dollar bilan 199-örinni egallamoqda.
Hozirda Usmonov aktivlari orasida “Metalloinvest”, Baykal toğ kompaniyasi, “MegaFon”, “Kommersant'” naşriyoti uyi, “Ximki Grupp” developerlik kompaniyasi bor. Tavrin esa USM Holdings’da uluşga ega va hududiy radiostansiyalarni boşqaruvçi “Vyberi radio” xoldingining asosiy egasi hisoblanadi. Tavrin 2016 yil bahorida “MegaFon” boş direktori lavozimini öz loyihalari bilan şuğullaniş uçun tark etgan.

















