Bu yilgi Yevropa Ligasi juda qiziqarli bölişi kutilmoqda. Sönggi yillarda Çempionlar Ligasining kuçli jamoalari sanalgan «Atletiko», «Borussiya», «Arsenal», «Napoli» va yaqin ötmişning eng kuçli klublaridan biri «Milan» kabi klublar bu sovrin uçun bahsga kirişadi. 16 juftlikka soçilib ketgan bu jamoalarni darrov payqaş qiyindek körinadi. Ammo bu bosqiçda ham alohida e'tiborga molik juftliklar borki, «Tribuna.uz» bu töqnaşuvlar haqida fikr yuritadi.

BORUSSIYa DORTMUND (Germaniya) – ATALANTA (Italiya)

Kuçli beşlik çempionatlari yetakçi jamoalarining özaro öyinlarini köp kuzatamiz. Ammo uşbu ligalarni soliştirişda örtamiyona jamoalarning bunday töqnaşuvlardagi natijasi har tomonlama qiziq bölsa kerak.

«Atalanta» nomini Yevropa miqyosdagi turnirlarida deyarli eşitmagan bölsak-da, A Seriya işqibozlari uçun böş nom emas. Albertinidan tortib aka-uka Indzagilargaça, Veridan tortib, Donadonigaça uşbu jamoa orqali futbolga kirib kelgan. Maşhur Klaudio Kanijjaning ham uç yil «Atalanta» libosida maydonga tuşganini köpçilik eslamasa kerak.

Bergamoliklar milliy çempionatda ötgan yilgi natijalarini takrorlay olmayotgan bölişsa-da, Yevropa Ligasi guruh bosqiçida köpçilikni hayron qoldirişdi. «Lion», «Everton» kabi kuçli jamoalar joylaşgan guruhda 1-örinni qölga kiritişdi. Ayniqsa, inglizlar ustidan har ikki öyinda qozonilgan yirik ğalabani alohida e'tirof etiş lozim.

Piter Boş qöl ostida mavsumni juda kuçli boşlagan «Borussiya» esa, sönggi ikki oyni öta yomon ötkazdi. Ğalabasiz ikki oy oqibatida jamoa Çempionlar Ligasi bilan xayrlaşdi, Bundesligada peşqadamlikdan sakkizinçi öringa tuşib ketdi. Yangi murabbiy qöl ostida keça nihoyat öz ğalabasini nişonlagan dortmundliklar uşbu turnirda jiddiy e'tibor qaratişlarini kutiş mumkin.

Jamoa agar Bundesligada özini önglab olsa, baribir çempionlik uçun kuraşa olmaydi, bu degani, sovrin yutiş uçun bu turnir juda ahamiyatli bölib qoladi. Agar «Borussiya» özini önglay olmasa, kuçli törtlik uçun ham imkoniyatini pasaytirib yuborişi mumkin. Yevropa Ligasi esa, kelasi mavsumda YeÇLda qatnaşiş uçun yana bir imkoniyat.   

NITsTsA (Fransiya) – LOKOMOTIV (Rossiya)

Legionerlarimizning öyinlarini diqqat bilan kuzatadigan muxlislar uçun juda qiziqarli juftlik. Hamyurtimiz Vitaliy Denisov «temiryölçilar» safida yetakçi himoyaçilardan biriga aylangan va yevrokuboklar Denisov uçun juda yaxşi tajriba vazifasini ötab beradi. Pley-offning ilk bosqiçidayoq Mario Balotelli, Uesli Snayder kabi yulduz futbolçilarga qarşi töp suriş qur'aning omadli kelganidan nişona, albatta.