Facebook'ning sobiq vitse-prezidenti ijtimoiy tarmoqlar butun dunyodagi odamlarga qanday zarar yetkazayotgani borasidagi fikrlari bilan bölişdi. Facebook'dagi faoliyatini 2017 yilda boşlagan va kompaniya top-menejyeri karerasini qurgan Çamat Palixapitiya "maxluq"ni östirişga yordam bergani uçun juda katta vijdon azobini his qilişi haqida aytdi. "Biz jamiyatning ijtimoiy tuzilmasini yemiruvçi jihozni işlab çiqdik", - dedi u Stenford universiteti Oliy biznes maktabi talabalari bilan keçgan uçraşuvda.
Palixapitiya nafaqat Facebook, balki tarmoqdagi barça muloqot tizimlarini tanqid qildi. "Odamlar ijtimoiy tarmoqlardagi "layklar" natijasida işlab çiqariluvçi dofaminga qaram bölib qolişdi. Bu jamiyat faoliyati tamoyilini parçalaydi. Fuqarolik muhokamalari yöq, hamkorlik yöqolmoqda, bularning örniga soxta ma'lumotlar va faktlar almaşuvi "gullab-yaşnamoqda". Men faqat Rossiyaning saylovlarga aralaşganiga doir Amerika paranoyyasi haqida gapirmayapman, bu global muammo", - deya hisoblaydi Palixapitiya.
U misol sifatida yaqinda Hindistonda röy bergan voqeani keltirdi - yovuz niyatli kimsalar WhatsApp messenjeri orqali hind qişloqlarida göyoki jinoyatçilar bolalarni öğirlayotgani haqida miş-mişlarni tarqatişdi. Virus jönatmalar şunga olib keldiki, Jarkxand ştati aholisi köçalarni qorovullab, "öğrilar"ga öxşaş odamlarga qurolli hujumlarni amalga oşira boşladi. Yetti nafar aybsiz kişi şafqatsizlarça savalandi, ulardan ikki nafari hayotdan köz yumdi. Mazkur voqealar videoga olinib, Facebook'da tarqaldi va ştatda ommaviy tartibsizliklarni keltirib çiqardi.
"Tuşunayapsizmi, nimalarga aralaşib qoldik? Yomon aktyorlar ommani boşqarişi va uni biror narsa qilişga majbur qilişi mumkin. Men bu muammoni qanday hal qilişni bilmayman. Şu bois şunçaki ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişdan voz keçdim", - dedi sobiq Facebook vitse-prezidenti.
Kompaniyaning ilk sarmoyadorlaridan biri Şon Parker ham şunga öxşaş bayonot bilan çiqdi. Uning fikriça, ijtimoiy tarmoqlar inson psixikasining zaif joylariga bosim ötkazadi va bundan öz maqsadi yölida foydalanadi.
Çamat Palixapitiya ijtimoiy tarmoqlarni tanqid qilişdan taşqari, Kremniy vodiysining vençur kompaniyalariga ham "toş otdi". Uning fikriça, ular iqlim özgarişi yoki oğir kasalliklarni davolaş kabi haqiqatda jiddiy muammolar bilan şuğullaniş örniga "ahmoqona, bema'ni, befoyda kompaniyalar"ga sarmoya kiritişmoqda.
Ta'kidlaş joizki, Palixapitiyaning Social Capital nomli şaxsiy vençur kompaniyasi faoliyati soğliqni saqlaş va ta'lim sohasidagi startaplarni qöllab-quvvatlaşga yönaltirilgan.













