Köksaroy qarorgohida Qirğiziston Respublikasi prezidenti Sooranbay Jeenbekov kutib olindi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Sooronboy Jeenbekovni Qirğiziston Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan yana bir bor samimiy qutlab, bugungi muzokaralar ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqiçga olib çiqişiga işonç bildirdi. 

«Qirğiziston Prezidenti sifatida ilk xorijiy taşriflaringizdan birini Özbekiston zaminidan boşlaganingizni yuqori baholaymiz. Bu mamlakatlarimiz örtasidagi döstlik, yaxşi qöşnilik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada çuqurlaştirişga sadoqatingiz ifodasi deb qabul qilamiz. 

Qirğiziston – bizning yaqin qöşnimiz. Şuning uçun bizning oramizda heç qanday çegara bölişi kerak emas.

Biz bir-birimizga qalbimizni, bağrimizni oçdik. Şu bois bugun qanday masala bölsa, yeçilişi lozim», deya Şavkat Mirziyoyevning sözlarini keltirgan prezident matbuot xizmati.