Birlaşgan Arab Amirligining Dubay şahrida yoşlar örtasida Para-Osiyo öyinlari bahslari davom etmoqda. Bugun 7 nafar hamyurtimiz yengil atletikaning turli xil bahslarida iştirok etib, Özbekiston terma jamoasi hisobiga 6 ta oltin va 1 ta kumuş medalni qöşib qöyişdi.
Bulardan oltin medalni qölga kiritgan sportçilar:
Paşayev Damir (T13) 100 metrga yuguriş 12.17
Mirzayeva Asila (T11) 100 metrga yuguriş 14.84
Suxanova Sabina (T37) 100 metrga yuguriş 14.84
Odilov Yorqinbek (F57) disk otiş 34.24
Rixsimov Muhammad (F42) disk otiş 33.03
Omonov Bobirjon (F41) yadro uloqtiriş 9.41
Kumuş medal sohibasi:

Ergaşeva Roziyaxon (F46) disk otiş 18.13
Keça, şuningdek, suziş va pauerlifting böyiça bellaşuvlarda terma jamoamizning uç nafar a'zosi ğoliblikni qölga kiritişgani haqida xabar berilgan edi.
Hozirda Özbekiston Milliy Paralimpiya terma jamoasi sportçilari 9 ta oltin va 1 ta kumuş, jami - 10 ta medalni naqd qilib qöyişdi. Ta'kidlaş joizki, mazkur musobaqa 14 dekabrga qadar davom etadi.

















