Rossiya prezidenti Vladimir Putin Şanxay hamkorlik taşkilotining Qirğizistonda ötadigan sammitida taşkilotga a'zo davlatlar rahbarlarini 2020 yilda Moskvada Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaning 75 yilligi nişonlanişiga taklif qilmoqçi. Bu haqda Putinning yordamçisi Yuriy Uşakov ma'lum qildi.
Uşakovning ta'kidlaşiça, ğalabaning yubileyiga bağişlangan qöşma va katta kölamli tadbirlar masalasi sammitning kengaytirilgan formatdagi yiğilişi doirasida kötariladi.
“Davlat rahbarlariga 2020 yilda Moskvada ötadigan tantanalarda iştirok etiş taklifi bildiriladi”, deb aytgan Putinning yordamçisi.
Ayni vaqtda ŞHT tarkibiga 8 ta davlat – Özbekiston, Rossiya, Xitoy, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Hindiston, Pokiston kiradi. 4 ta davlat – Möğuliston, Eron, Afğoniston va Belarus kuzatuvçilar, yana 6 davlat – Şri-Lanka, Turkiya, Ozarboyjon, Afğoniston, Kamboja va Nepal muloqot böyiça şeriklar maqomiga ega.
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 13-14 iyun kunlari Qirğizistonga taşrif buyurib, u yerda ŞHTga a'zo davlatlar rahbarlari kengaşining 19-yiğilişida iştirok etadi.

















