Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev davlat va hukumat idoralarining aholiga davlat xizmatlarini körsatiş darajasini yanada oşiriş maqsadida navbatdagi farmonga imzo çekdi. Quyida uning töliq matni keltirilmoqda. 

Mamlakatda davlat xizmatlari körsatiş tizimi izçillik bilan takomillaştirilmoqda va modernizatsiya qilinmoqda, bu aholining hayot sifati, investitsiya iqlimi, işçanlik muhitini yaxşilaş va biznesni rivojlantiriş imkonini beradi. 

2003 yildan buyon tadbirkorlik sub'yektlarini “yagona darça” tamoyili böyiça röyxatdan ötkaziş tumanlar (şaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik sub'yektlarini röyxatdan ötkaziş inspeksiyalari (keyingi örinlarda Inspektsiyalar deb yuritiladi) tomonidan amalga oşirib kelingan. 

2016 yil 1 yanvardan boşlab Inspektsiyalar negizida Tadbirkorlik sub'yektlariga “yagona darça” tamoyili böyiça davlat xizmatlari körsatiş yagona markazlari (keyingi örinlarda Yagona markazlar deb yuritiladi) taşkil etildi. 

2017 yil 1 fevraldan Yagona markazlarning tumanlar (şaharlar) hokimliklari tuzilmasidan Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tasarrufiga ötkazilişi mazkur sohani rivojlantiriş böyiça keyingi qadam bölib, vertikal boşqaruvni şakllantiriş, ularning samarali faoliyatini taşkil etiş imkonini berdi. Natijada Yagona markazlar tomonidan körsatiladigan davlat xizmatlari soni 33 tagaça oşdi. 

2017 yil 1 apreldan boşlab röyxatga oliş tartib-taomillarini 30 daqiqagaça qisqartiriş imkonini beruvçi tadbirkorlik sub'yektlarini davlat röyxatidan ötkazişning avtomatlaştirilgan tizimi işga tuşirilganligi “Doing Business 2018” global reytingidagi “Biznesni röyxatdan ötkaziş” körsatkiçi böyiça Özbekistonning mavqeini 24-örindan 11-öringa yaxşilaşga xizmat qildi. 

Şu bilan birga, davlat xizmatlari körsatiş milliy tizimining aholi va tadbirkorlik sub'yektlari ehtiyojlarini töliq qanoatlantiradigan sifat jihatidan yangi darajaga ötişiga ayrim tizimli muammolar tösqinlik qilmoqda. Xususan: 

birinçidan, “yagona darça” tamoyili böyiça davlat xizmatlari körsatiş imkoniyatidan faqat tadbirkorlik sub'yektlari foydalanişi mumkin. Bunda fuqarolar hanuzgaça turli davlat organlarida hujjatlarni rasmiylaştiriş böyiça murakkab tartib-taomillardan özlari ötişga majbur bölmoqda; 

ikkinçidan, qator davlat organlarida axborot tizimlari, resurslari va ma'lumotlar bazalarining mavjud emasligi, ular idoralararo integratsiya qilinişining past darajada ekanligi jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan barça davlat xizmatlari majmuasidan qulay va öz vaqtida foydalanişni ta'minlamayapti;