Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UYeFA va BMTning xayriya futbol uchrashuvi bo‘lib o‘tadi
UYeFA va BMT Jyenevaning “Stad de Jyenev” stadionida o‘tadigan xayriya uchrashuvini tashkillashtirmoqda. Bu haqda UYeFA matbuot xizmatida ma'lum qilindi.
Ta'kidlanishicha, uchrashuv 2018 yil 21 aprelda bo‘lib o‘tadi. Jamoalarga italiyalik Karlo Anchelotti va fransiyalik Dide Desham murabbiylik qiladilar. Portugaliyalik sobiq futbolchi Luish Figu va braziliyalik Ronaldino jamoalar sardorlari bo‘ladilar. Yaqin orada sardorlar o‘z jamoalari tarkibini aniqlashtirib oladi. Uchrashuvga Perluiji Kollina hakamlik qiladi.
UYeFA prezidenti Aleksander Cheferin tashkilotda “futbol yordamida gumanitar tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash burchlari deb hisoblashlarini” ta'kidlab o‘tdi. “Men ishonamanki, BMT va UYeFAning bolalar jamg‘armasi bilan hamkorligi evaziga biz xayriya ishlariga katta mablag‘ jalb qila olamiz”, – deb aytgan Cheferin.
Ushbu o‘yin, xayriya bazmi va futbol auksionidan tushadigan pullar BMT va UYeFA tanlaydigan xalqaro gumanitar jamg‘armalarga yo‘naltiriladi.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026