Özbekiston Qirğizistonning törtta pansionatni öz egaligiga olib qöyiş böyiça qarori tufayli AQŞdagi xalqaro arbitrajga da'vo arizasi bilan çiqqan. Bu haqda bugun Qirğiziston Respublikasining iqtisodiy va fiskal siyosat böyiça parlament qömitasi yiğilişida ma'lum qilişgan.

Avvalroq, Qirğiziston Respublikasi sobiq boş vaziri Temir Sariyevning qarori bilan 2016 yilning aprelida Qirğiziston hududidagi törtta pansionat - «Zolotyye peski», «Rohat NBU», «Dilorom» va «Böston» Qirğiziston yurisdiksiyasi ostiga ötgandi. Özbekiston bu qarorni sudga berdi. Ayni damda u AQŞda körib çiqilmoqda.

Qirğiziston Respublikasi sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning Özbekistonga taşrifi davomida uşbu törtta pansionat böyiça kelişuvga erişildi. Respublika hukumati bahsga yeçim topiş uçun Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan bitim imzolaşni taklif etmoqda. Yangi hujjatga köra, pansionatlar joylaşgan yerlar Qirğiziston Respublikasiga tegişli bölişda davom etadi, biroq mulkning özi Özbekiston ixtiyoriga ötişi lozim. Özbekiston rasmiylaştirişdan söng pansionatlarni yil davomida işlaydigan va işçilarining 30 foizi Qirğizistondan bölgan 3-4 yulduzli mehmonxonlar darajasiga yetkazişi kerak. 

Tomonlar bunday bitim imzolanganidan söng tegişli şartnomaga qöl qöyişadi, hamda xalqaro arbitrajdagi bahs yopiladi. Özbekiston sobiq SSSR davlatlari örtasida 1992 yilda imzolangan bitimning buzilişi tufayli sudga murojaat qildi. Bitimda sobiq Sovet Ittifoqi parçalanib ketganidan keyin boşqa davlat hududida qolib ketgan obektlardan foydalaniş nazarda tutilgan.