Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov “Qirğiziston Respublikasi Hukumati va Özbekiston Respublikasi Hukumati örtasida çegaraoldi vakillari faoliyati töğrisidagi 2017 yilning 5 sentabr kuni Bişkek şahrida imzolangan Bitimni ratifikatsiya qiliş töğrisida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bergan.
Qonun Jöqorğu Keneş tomonidan 2017 yilning 7 dekabr kuni qabul qilindi.
Uşbu Bitimdan közlangan asosiy maqsad – Qirğiziston va Özbekistonning qirğiz-özbek davlat çegarasini qöriqlaş sohasidagi va Qirğiziston Respublikasi Davlat çegarasi uçastkalarida çegaraoldi vakillari faoliyatini tartibga soliş, çegaradagi hodisalarga yeçim topiş hamda davlat çegarasida rejimni saqlab turiş böyiça özaro munosabatlariga boğliq bölgan masalalarni hal etişdir.
Qayd etilişiça, uşbu Bitimning ratifikatsiyasi Qirğiziston va Özbekiston örtasida çegaradagi hodisalarni tartibga soliş, çegaradan ötişda qöşma tekşiruvlarni amalga oşiriş hamda çegaraoldi vakillari işi böyiça ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirişda muhim örin tutadi.
Qonun ön kundan söng kuçga kirişi ta'kidlangan.

















