Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oşiriş, mahalliy byudjyetlarga tuşumlarning töliqligini ta'minlaş böyiça soliq va moliya organlari javobgarligini kuçaytirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoni e'lon qilindi.
Farmon mahalliy byudjyetlarning daromad bazasini tubdan mustahkamlaş va nomarkazlaştiriş asosida hududlarni kompleks rivojlantirişni barqaror moliyalaştiriş, byudjyetlararo munosabatlarni yanada takomillaştiriş, mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini kuçaytiriş, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirişga kömaklaşiş, yangi iş joylari yaratiş hamda aholi bandligini ta'minlaş, muhandislik-kommunikatsiya, yöl-transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantiriş hisobiga soliq salohiyatini kengaytiriş böyiça aniq maqsadga yönaltirilgan çora-tadbirlarni amalga oşirişda ularning mas'uliyatini oşirişni ta'minlaş maqsadida qabul qilingan.
Quyidagilar mahalliy byudjyetlar darajasida soliq-byudjyet siyosatining ustuvor vazifalari etib belgilanmoqda:
1. Soliqlar va boşqa majburiy tölovlarning aniq turlarini ularga biriktirib qöyiş orqali mahalliy byudjyetlarning daromad bazasini tubdan mustahkamlaş;
2. Viloyatlar, şahar va tuman byudjyetlarini subventsiyadan çiqariş, ularning yuqori turuvçi byudjyetlar ajratmalariga bölgan qaramligini bosqiçma-bosqiç qisqartiriş, buning asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalarini hal etişda mahalliy davlat hokimiyati organlari erkinligi va mas'uliyatini oşiriş;
3. Mahalliy byudjyetlarning daromadlarini oşiriş uçun tizimli asosda qöşimça rezervlarni aniqlab boriş;
4. Deputatlik va jamoat nazoratini keng jalb qilgan holda, mahalliy byudjyetlarni şakllantirişning şaffofligini va uning bajarilişi ustidan nazoratni ta'minlaş;
5. Mahalliy byudjyetlar daromadlar bazasini mustahkamlaş hamda xarajatlarining tasdiqlangan parametrlarini öz vaqtida, maqsadli moliyalaştiriş, ijtimoiy soha obektlari va infratuzilmani yanada rivojlantiriş va tegişli darajada saqlab turişni ta'minlaş ustidan mahalliy davlat hokimiyati organlari, moliya va soliq organlarining javobgarligini kuçaytiriş.
Yangi örnatilayotgan tartibga köra, daromadlar manbalari va xarajatlar turlari kesimida, Qoraqalpoğiston Respublikasi byudjyeti, viloyatlar, Toşkent şahri va respublika tumanlarining (şaharlarining) mahalliy byudjyetlari parametrlari, şuningdek, mahalliy byudjyetlarning daromadlarini oşiriş rezervlarini aniqlaş böyiça hisob-kitob körsatkiçlari Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesida, viloyatlar, Toşkent şahri va respublika tumanlari (şaharlari) xalq deputatlari Kengaşlari sessiyalarida yil çoraklari kesimida atrofliça körib çiqiladi va tasdiqlanadi.

















