Toşkent şahri, Yunusobod tumani 13 mavzedagi 23-uyda yölak derazalarining romlari örnatilmagani bois aholi izğirin sovuqdan va isitiş tizimining yaxşi işlamasligidan aziyat çekmoqda. Bu haqida Kun.uz muxbiriga 23-uydagi xonadonlarning birida yaşovçi Nargiza Qosimova ma'lum qildi.

Vaziyatni örganiş va aholining e'tirozini tinglaş maqsadida Kun.uz fotomuxbiri turar-joyga taşrif buyurdi.

«Biz bu muammoni hal qiliş uçun kimga murojaat qiliş kerakligini söraganimizda, Xususiy uy-joy mulkdorlari şirkati rahbari «Hammasi joyida, şart emas, hal qilamiz», deb könglimizni puç yonğoqqa töldiradi. Yozda barça uyga yangi akfa romlari örnatildi. Faqat bizning uyga romlar örnatilmadi. Hozir esa qahraton qişda romdan esayotgan sovuq şamol bizning salomatligimizga öz ta'sirini ötkazmoqda», deydi nafaqaxör Saida Rahimova. 

Şu örinda savol tuğiladi. Nahotki, aholi şu vaqtgaça mahalla oqsoqoli yoki uy-joy kommunal xizmatlari vakiliga murojaat qilmagan? 

«Albatta, murojaat qildik. Xususiy uy-joy mulkdorlari şirkati raisining aytişiça, qolgan romlarni örnatişga bankda yetarli pul qolmagan emiş. Lekin atrofimizdagi hamma uyga yangi romlar qöyilib, aynan bizning bino qolib ketgani juda ham ğalati holat. Oçiğini aytsak, biz gapiraverib çarçadik. Hozir nafaqaxörmiz. Kommunal xizmatlari uçun tölovni har oy öz vaqtida topşiramiz. Lekin nima uçun uyimda sovuqdan muzlab ötiraman-u, issiqlik uçun kommunal tölovni tölaşim kerak? Nahotki, bu adolatdan bölsa?», deydi 23-uyning yana bir istiqomatçisi Vera Dovenko. 

Biz mazkur masalaga yanada oydinlik kiritiş maqsadida Xususiy uy-joy mulkdorlari şirkati raisining xonadoniga taşrif buyurdik. Yunusobod tumani 13-mavzening JEK raisi Hojiniso Tursunova bizning murojaatimizga quyidagiça javob berdi: 

«Şartnoma asosida uylarga 108ta rom ajratilgan. Şu romlardan 54tasi örnatilgan, qolgani esa örnatilmadi. Sababi, quriliş uçun biriktirilgan pudratçi Ğulom ismli yigit yöqolib qoldi. Keyin esa kredit olingan bankka murojaat qildim. Bank ta'sisçilariga pudratçini topib berişlarini sörab, iltimos qildim. Söngra Yunusobod tumani prokuroturasiga ariza yozdim. Hozir prokuratura pudratçini va uning ta'sisçisini qidirmoqda. Umid qilamanki, tez orada bu muammo öz yeçimini topadi».