Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qirğiziston Prezidenti Sooranbay Jeenbekov 14 dekabr kuni «Özekspomarkaz»da taşkil etilgan Özbekistonda işlab çiqarilayotgan sanoat mahsulotlari körgazmasi bilan tanişişdi.

ÖzA xabariga köra, körgazmada mamlakatimiz sönggi yillarda iqtisodiyot sohasida erişgan yutuqlar, sanoatning turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar mahsulotlari, ilmiy-işlab çiqariş markazlarining innovatsion loyiha va işlanmalari namoyiş etilmoqda.

Prezidentlar mamlakatlarimiz örtasidagi özaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirişda bunday körgazmalar muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar. 

Qirğiziston Prezidenti mamlakatimizda işlab çiqarilayotgan mahsulotlarga yuqori baho berdi.