Dunyoga maşhur National Geographic jurnali har yili dunyoning eng yaxşi fotosuratlarini aniqlaydi. Naşr bu yil jiddiy tanqidçilar hukmiga havola qilingan qariyb 2 mln suratdan 57 tasini tanlab oldi.
2017 yilgi reytingda an'anaviy ravişda yovvoyi hayvonlar va quşlar, inson qadami yetmagan joylar va ajoyib tabiat hodisalarini aks ettiruvçi suratlar taqdim etilgan edi. «Lenta.ru» sayti öquvçilar e'tiboriga ğolib suratlarning eng qiziqarlilarini havola etmoqda.
Borneo oroli

Erkak orangutan timsohlar töla daryoni kesib ötişga urinmoqda. Maymunlar uçun bunday jasurlik noyob hodisa, ammo yaşab qoliş istagi şunday qaltis işga majbur qiladi.
Avstraliya

Portugaliya kemaçasi (Physalia physalis) deb nomlanuvçi umurtqasiz hayvon ufq çoğida sohilga yaqinlaşmoqda. Mazkur dengiz hayvonining zahri insonga xavfli hisoblanadi.
Xitoy

Xitoy şimoli-ğarbidagi Duşan kanonidagi mineral qoldiqlarda quyoş nurining aks etişi.
Yaponiya

Yaponiya makakalari (Macaca fuscata) qaynoq buloqlar yonida tozalaş işlarini ötkazmoqda.
AQŞ

Arizona ştatidagi Grand Kanon milliy parkida yozgi ob-havo.
Vengriya




























