Islom hamkorlik taşkiloti (IHT) favqulodda yiğiliş yakunlariga köra maxsus deklaratsiyani e'lon qildi, unda AQŞdan Yaqin Şarqdagi mojarolarga yeçim topişda vositaçi rolidan voz keçiş talab qilingan. Bu haqda Reuters Turkiyaning NTV telekanaliga tayangan holda xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, arab mamlakatlari Vaşingtonning al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan oliş böyiça qarorini mojarolarga yeçim topişda iştirok etişdan boş tortiş sifatida baholaşmoqda.
Şuningdek, Islom hamkorlik taşkiloti jahon hamjamiyatini Şarqiy al-Qudsni Falastin poytaxti sifatida tan olişga çaqirdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Istanbuldagi musulmon mamlakatlar yetakçilarining sammitida al-Qudsni Falastin poytaxti sifatida tan olişni taklif qildi hamda şaharni «musulmonlar uçun qizil çiziq» deb atadi. Turkiya yetakçisi Vaşingtonning Isroil poytaxtidagi elçixonasini al-Qudsga köçiriş böyiça qarorini keskin qoralab çiqdi hamda Isroilga «terrorçi davlat» va «istiloçi» deb ta'rif bergan.
Bundan taşqari, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy arab davlatlarini Isroilga qarşi turiş maqsadida birlaşişga çaqirdi. Ruhoniy Islom hamkorlik taşkilotining favqulodda yiğilişida çiqiş qilib, mamlakatlar yetakçilarini içki mojarolarga barham beriş hamda Isroilga qarşi birlaşişga çaqirgan.













