Özbekiston va Qirğiziston tomoni «Özbekiston-Qirğiziston-Xitoy» temir yöli qurilişi böyiça muzokaralarni boşladi. Bu haqda Köksaroy qarorgohida ötkazilgan Özbekiston va Qirğiziston rahbarlari muzokaralari yakunida ma'lum qilindi.
Prezidentlar qisqa muddatda jahon bozoriga çiqiş imkonini beradigan transport va tranzit yölaklarini rivojlantiriş sohasida özaro hamkorlik strategik ahamiyatga ega ekanini qayd etişdi.
Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov şu yilning 25 dekabrida ikki davlat işçi guruhlari Toşkent şahrida şu masalada muzokaralar ötkazişini ma'lum qildi. Öz navbatida Özbekiston rahbari tor doiradagi muzokaralar vaqtida tomonlar bu masalaning barça jihatlari böyiça kelişib olinganini ma'lum qildi.
Davlat rahbarlari uşbu temir yöl qurilişini imkon qadar tezlaştiriş mintaqa mamlakatlari manfaatiga xizmat qilişini alohida ta'kidlaşgan. Bu Markaziy Osiyoning jozibadorligini oşiriş va tranzit salohiyatini töla yuzaga çiqariş imkonini berişi qayd etilgan.

















