Şavkat Mirziyoyev va Sooronboy Jeenbekov muloqotni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari iştirokida kengaytirilgan tarkibdagi muzokarada davom ettirişdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi. 

Unda asosiy e'tibor Özbekiston bilan Qirğiziston örtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport kommunikatsiyalari, ilmiy-texnikaviy, bank-moliyaviy, madaniy-gumanitar va hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantiriş, energetika, sanoat, qişloq va suv xöjaligi, turizm va boşqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlaş masalalariga qaratildi. 

Savdo-iqtisodiy aloqalar rivojida Özbekiston Respublikasi bilan Qirğiziston Respublikasi örtasida ikki tomonlama hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiya muhim örin tutmoqda. Ikki mamlakat Boş vazirlari mazkur komissiyaning hamraislari etib tayinlangani tomonlarning özaro hamkorlikni rivojlantirişga yuksak e'tiboridan dalolat beradi.

Keyingi paytda mamlakatlarimiz örtasidagi tovar ayirboşlaş körsatkiçi sur'at bilan yuksalmoqda. Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida özaro savdo hajmi 56 foizdan ziyodga ösib, 235 million dollardan oşdi.

Ammo, muzokarada ta'kidlanganidek, bu körsatkiç ikki mamlakatning mavjud imkoniyatlarini töliq aks ettirmaydi. Ikki tomonlama tovar ayirboşlaş nomenklaturasini diversifikatsiya qiliş va yaqin yillarda uning hajmini 500 million dollarga yetkaziş borasida ulkan salohiyat mavjudligi qayd etildi. 

Taşqi savdo infratuzilmasi va eksport-import operatsiyalarini qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini faol rivojlantiriş, birgalikda savdo uylari oçiş, biznes-forumlar va sanoat mahsulotlarining milliy körgazmalarini ötkaziş zarurligi ta'kidlandi. 

Qirğiziston Prezidentining rasmiy taşrifi doirasida taşkil etilgan sanoat mahsulotlari körgazmasi va işbilarmonlarning muzokaralarida ikki mamlakatdan köplab yetakçi biznes vakillari iştirok etgani, uning yakunida 140 million dollarlik şartnomalar imzolangani savdo-iqtisodiy munosabatlar jadal rivojlaniş pallasiga kirganini namoyon qiladi. 

Iqtisodiy hamkorlik haqida söz borar ekan, Qirğiziston Respublikasi hududida Özbekistonning qişloq xöjaligi texnikasi, yengil avtomobillari, avtobuslari, maxsus pritseplari va maişiy buyumlarini birgalikda yiğişni taşkil qiliş loyihalarini amalga oşiriş hamda quriliş materiallari va töqimaçilik sanoatida qöşma korxonalar tuziş zarurligi qayd etildi.