Özbekistonga rasmiy taşrif bilan kelgan Qirğiziston prezidenti Sooronboy Jeenbekov Özbekiston Prezidentining Köksaroy qarorgohida bölib ötgan muzokaralar yakunida Şavkat Mirziyoyevga Qirğizistonning «Danaker» ordenini tantanali ravişda topşirdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.
Qirğizistonning avvalgi prezidenti Almazbek Atambayev noyabr oyida Şavkat Mirziyoyevni ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantiriş yölidagi ulkan xizmatlari uçun Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni «Danaker» ordeni bilan mukofotlagan edi.
Qirğizistonning oliy mukofotlaridan bölgan uşbu orden xalqlar örtasida tinçlik, döstlik va hamkorlikni mustahkamlaşga, millatlararo totuvlikni saqlaşga, ilm-fanni rivojlantirişga, milliy madaniyatlarni yaqinlaştiriş va boyitişga katta hissa qöşgan insonlarga beriladi. Ordenning orqa tomoni oltin bilan qoplangan.
«Qirğizlarda «Ikki kişi gunohkor bölsa, bir kişi danaker» degan gap bor. Ya'ni ikki kişi örtasidagi mojaroni hal etuvçi bir kişi böladi. Davlatimiz rahbariga bunday mukofot berilişi uning Özbekiston-Qirğiziston munosabatlarini ravnaq toptiriş, ikki xalq örtasidagi döstona aloqalarni kengaytiriş yölidagi xizmatlarining yuksak e'tirofidir», deyilgan xabarda.

Qirğizistonning uşbu davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar orasida Rajab Toyyib Erdöğon, Dmitriy Medvedev, Xitoy taşqi işlar vaziri Van I, jahonga maşhur violençelçi Yo Yo Ma kabilar bor.

















