Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uçraşuv çoğida transport qatnovi borasida kelişib olganliklarini ma'lum qildi.
Uning ta'kidlaşiça, tomonlar avtobus yönalişlarini oçiş, nafaqat Bişkek-Toşkent yönalişi böyiça aviareyslarni, balki Toşkent-Öş yönalişida ham parvozlarni yölga qöyiş böyiça kelişib oldilar. «Juda katta ehtiyoj bor. Biz Bişkek va Toşkent örtasida aviareyslar qatnovini ikki barobarga köpaytirişni istaymiz. Bunga ehtiyoj bor», - dedi Mirziyoyev.
Özbekiston prezidenti temir yöl yönalişi böyiça kelişuvlar mavjudligini ham xabar qildi. «Qirğizistonda Issiq-Köl noyob köli bor. Xalqimiz biz aviareysni yölga qöyişimizni xohladi, ammo biz şunga kelişib oldikki, Issiq-Kölga qadar temir yöl yönalişini ham oçamiz. Odamlar qöşnilarda şunday ajoyib joy bor bölsa, nega ular uzoqqa borişlari kerak. Transport-logistik masalada biz katta yutuqlarga erişdik», - dedi Şavkat Mirziyoyev.
Mirziyoyevning, şuningdek, ta'kidlaşiça, «biz çegara masalalari böyiça ham oldinga siljidik». Uning sözlariga köra, prezidentlarning xohiş-irodasi kerak böladigan masalalar ham bor. «Menimça, u bizda bor. Biz bir yil davomida çegaraning 85 foizini hujjatlarga tuşirdik, tasavvur qilyapsizmi. Bu faqat yölning boşidir. Asta-sekin hujjatlarga tuşiramiz», - dedi u.
Sooronbay Jeenbekov 13 dekabr kuni Toşkentga keldi. Bu uning prezident sifatidagi birinçi rasmiy taşrifidir. Jeenbekov poytaxtdagi Mustaqillik maydoniga taşrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qöydi. U şuningdek birinçi prezident Islom Karimov nomidagi yodgorlik majmuasini ham ziyorat qildi va uning haykali poyiga gul qöydi.
















