Qirğiziston iqtisodiyot vaziri Artyom Novikov Özbekistonga amalga oşirilgan taşrif yakunlari haqida ma'lumot berdi, deb yozmoqda qirğiz OAV.
«Moliyaviy hamkorlik haqidagi bitim şuni nazarda tutadiki, Özbekiston tomoni moliya-kredit muassasalari yönalişi böyiça Qirğiziston moliyaviy muassasalariga 100 million dollar ajratmoqda, ya'ni bu pullarning barçasi Qirğiziston Respublikasi tadbirkorlari tomonidan Özbekistonda tovarlar, xomaşyo va boşqa ehtiyot qismlarni sotib oliş uçun foydalanilişi mumkin», - deya xabar berdi Artyom Novikov jurnalistlarga.
«Ya'ni, şu tariqa, biz özimizning korxonalarimiz moliyaviy-iqtisodiy salohiyatini Özbekiston Respublikasi bilan özaro aloqalar uçun oşirmoqdamiz. Biroq, şu bilan birga, biz hozirda yana bir taşabbusni işlab çiqmoqdamiz – Qirğiziston Respublikasi eksportini qöllab-quvvatlaş böyiça, hozirda Qirğizistonda işga tuşirilayotgan qöşma korxonalar va özbekistonlik şeriklar bilan xomaşyo, asbob-uskunalar yetkazib beriş böyiça işlaydigan kompaniyalar Qirğiziston Respublikasi hududida mahsulotni qayta işlaşi va uni keyinçalik eksport qiliş mumkin böladi, ya'ni bu sohada ham qirğizistonlik tadbirkorlarni qöllab-quvvatlab turadigan moliyaviy mexanizm aniqlanadi», - deya aytib ötdi u.
100 million dollar tijorat banklari orqali realizatsiya qilinadi. Ikki mamlakatning moliya-kredit muassasalari örtasida bu mablağlarni yetkazib beriş şartlari böyiça alohida bitim imzolanadi, davlat bu mablağlar böyiça heç qanday kafolatni bermaydi, deya xabar qilgan u.

















