Toşkent şahar «Bilim» axborot-kutubxona markazida «Bolalarni ularning soğligiga zarar yetkazuvçi axborotlardan himoya qiliş çoralari» mavzusiga bağişlangan seminar bölib ötdi. «Bolalarni zararli axborotdan himoya qilamiz» mavzusidagi ma'ruzasida U.Teşaboyeva farzandlar tarbiyasida ularning ma'naviy dunyosini turli xurujlardan, oqimlardan, ma'naviyatimiz va qadriyatlarimizga yot ğoyalardan himoya qiliş zarurligini ta'kidladi.

«Qonunda bolalarni buzğunçi, ruhiyatiga zarar yetkazuvçi ta'sirdan asraş, salomatligiga ziyon yetkazuvçi axborot tarqatilişining oldini oliş, çeklaş va taqiqlaş masalalari ifodalanayotganligi ahamiyatlidir. Bolalar soğligiga zarar yetkazuvçi axborotdan himoya qiliş ularning axborot oliş kafolatlari ta'minlanişiga monelik qilmaydi, aksinça, uşbu yönalişda huquqiy, iqtisodiy va taşkiliy şart-şaroitlarni yaratişni nazarda tutadi»​, - dedi U.Teşabayeva.

Özbekiston Respublikasining «Bolalarni ularning soğligiga zarar yetkazuvçi axborotlardan himoya qiliş töğrisida» gi 2017 yil 8 sentabr 444-sonli Qonunini amalga oşiriş böyiça çora-tadbir rejasi ijrosiga oid Özbekiston matbuot va axborot agentligining Nazorat rejasining 6-bandi böyiça taşkil etilgan mazkur seminarda Toşkent şahridagi oliy öquv yurtlari axborot-resurs markazlari mutaxassislari iştirok etdi.

Seminarda Özbekiston Milliy kutubxonasi direktor örinbosari U.Teşabayeva, Özbekiston Milliy kutubxonasi boş mutaxassisi A.Qiliçboyev, «Bilim» axborot-kutubxona markazi direktor örinbosari S.Komilova bolalar soğliğiga zarar yetkazuvçi axborotdan ularni himoya qilişning asosiy tamoyillari, bolalar soğliğiga zarar yetkazuvçi axborotdan ularni himoya qiliş böyiça davlat siyosatining asosiy yönalişlari, bolalar soğliğiga zarar yetkazuvçi axborot turlari va ularning oldini olişda axborot-kutubxona muassasalarining örni haqida alohida töxtaldilar.

Şuningdek, seminarda A.Qiliçboyev «Bolalarning soğligiga zarar yetkazuvçi axborotdan himoya qilişning huquqiy asosi» va S.Komilova «Globallaşuv davrida Internet va uning yoş avlod ma'naviy tarbiyasiga ta'siri» mavzusida ma'ruzalari bilan iştirok etdilar.