Şavkat Mirziyoyev Toşkent davlat agrar universiteti Nukus filialining Çimboy tumanidagi akademik litseyiga taşrif buyurdi. 

ÖzA xabariga köra, şu yerda farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantiriş, dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş, içki bozorni mamlakatimizda işlab çiqarilgan yuqori sifatli preparatlar bilan töldiriş borasida amalga oşiriladigan istiqbolli loyihalar taqdim etildi. 

Prezident mazkur soha istiqbolini yuqori baholab, bu borada mutaxassislar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş kerakligini qayd etdi. 

«Paxtani foyda bersa ham, foyda bermasa ham ekaveriş vaqti ötdi. Daromad bermadimi, boşqa ekin ekiş kerak. Masalan, qizilmiya bu yer iqlimi va şaroitiga mos keladi. Şunday ekan, nima uçun uni köpaytirişni yölga qöymasligimiz kerak», degan Şavkat Mirziyoyev. 

Çimboy tumanidagi «Lanextrakt» qöşma korxonasida qizilmiya ildizidan ekstrakt işlab çiqariladi. Korxonada yiliga 30 ming tonna qizilmiya ildizi qayta işlanib, 1,3 ming tonna ekstrakt tayyorlanadi. Xitoylik investorlar bilan hamkorlikda taşkil etilgan korxonada 200 iş örni yaratilgan. 

Prezident Qoraqalpoğiston Respublikasida farmatsevtika plantatsiyalarini taşkil etiş va yetiştiriş loyihasi bilan ham tanişdi. Davlat rahbarining 2017 yil 3 maydagi «Nukus-farm», «Zomin-farm», «Kosonsoy-farm», «Sirdaryo-farm», «Boysun-farm», «Böstonliq-farm» va «Parkent-farm» erkin iqtisodiy zonalarini taşkil etiş töğrisida»gi farmoni ijrosi yuzasidan Qoraqalpoğiston Respublikasida keng kölamli işlar amalga oşirilib, mavjud işlab çiqariş imkoniyatlari va resurslar salohiyatidan samarali foydalaniş orqali yangi iş örinlari yaratişga alohida e'tibor qaratilmoqda. 

Hududda farmatsevtika sanoatini rivojlantiriş yönalişida 2018-2019 yillarda qiymati 27 million dollarga teng 17 loyiha amalga oşirilişi rejalaştirilgan. Mazkur loyihalar doirasida 37 turdagi farmatsevtika mahsulotlari işlab çiqariladi va ularning ma'lum qismi eksport qilinadi. 

Nukus şahridagi «Nukus Med Tex» MÇJ tomonidan tibbiy buyumlar, «Berlin farm» MÇJ tomonidan onkologik dori vositalari işlab çiqariş yölga qöyiladi. Törtköl tumanidagi «Törtköl şişa idişlari» MÇJda farmatsevtika şişa idişlari tayyorlanadi.