2015 yilda oqava suvlarga nisbatan qat'iy qoidalar kuçga kirdi. Ular çiqindilarni tartibga soliş, tozalaş texnologiyalarini joriy qilişni rağbatlantiriş va ekologiya qoidalarini buzganlik uçun jarimalarni oşiriş kabilarni öz içiga oladi. Bu çoralar şundoq ham yer narxi va işçi kuçining qimmatlaşganidan zarar körayotgan Xitoy korxonalari uçun ortiqça taşviş böldi. Kompaniyalar inqirozni çetlab ötiş maqsadida işlab çiqarişni avtomatlaştirişi yoki yangi tozalaş texnologiyalariga murojaat qilişi kerak. 

Ifloslantiruvçi vositalarning eng asosiy manbalaridan biri Xitoy töqimaçilik sanoati hisoblanadi. U arzon kiyimlarni işlab çiqaradi, biroq buning evaziga keng kölamli ifloslaniş yuzaga keladi. Jamoatçilik bosimi ostida H&M, Zara, Nike va Adidas kabi jahonning yetakçi brendlari suv sifati standartlarini qabul qilişgan va 2020 yilga borib, xavfli kimyoviy moddalar çiqindilari körsatkiçini nolga tenglaştirişga erişişni rejalaştirişgan. Biroq iste'molçilar uçun narxlarni oşirmay, bunga erişişning iloji yöq. 

Bakteriyalardan foydalaniş hal qiluvçi qaror bölişi mumkin. TAL kompaniyasi matolarni yuvişda kimyoviy moddalar örniga mikroorganizmlarni qölladi va bu çiqindilarni 80 foizga qisqartirdi. Kompaniya avval bakteriyalarni boşqa laboratoriyalarda sotib olgan, biroq ötgan yili DNKni  tartibga solişga asoslangan va "superbakteriyalar"ni topişga yönaltirilgan, narx va samara böyiça muqobillarni ortda qoldiruvçi şaxsiy tadqiqot dasturini yölga qöydi. 

Tadqiqotçilar ikki yil içida muvaffaqiyatga erişişmoqçi. Şundan söng ular işlanmalarini boşqa kompaniyalar bilan bölişişadi. Bunday qaror ayni muddao böladi, zero aksariyat işlab çiqaruvçilarda suv tozalaş tizimlarini örnatiş va modernizatsiya qilişga yetarli mablağ yöq. Tadqiqotlarning körsatişiça, ularning köpçiligi yangi talablardan ança zarar körmoqda va yopiliş xavfini his qilmoqda. 

Xitoy çiqindilarni muammo deb hisoblaydi, lekin töğri yondaşuv ularni qimmatbaho xomaşyoga aylantirişi mumkin. Masalan, Toyota qişloq xöjaligi çiqindilaridan elektr energiyasi va vodorod işlab çiqarmoqçi.