IHS Markit tadqiqotiga köra, aqlli şaharlar jahon industriyasi 2040 yilga kelib 1 trln dollarga yetadi. Bu borada Xitoy yetakçilik qiladi. Hozirdayoq bu mamlakatning 290 ta şahrida “aqlli şahar” infratuzilmasini yaratiş loyihasi işga tuşirilgan.
Xitoyning kamida 93 ta şahrida avtonom transport, karşering va raydşering unsurlari hamda “aqlli” şahar infratuzilmasiga ega mobil muhitni yaratişga yönaltirilgan katta kölamli dasturlar boşlangan.
Mutaxassislarning aytişiça, Xitoy aqlli şaharlar sinov maydoniga aylanadi. Iyulda Şanxayda 200 dan köproq robomobilni (robot avtomobillar) sinaş uçun ilk sinov hududi oçilgan.
Deloitte Digital kompaniyasi boşqaruvçi direktori Endryu Dinsdeylning aytişiça, Xitoyda mijozlar robomobillarni kundalik turmuşga tatbiq qilişga katta iştiyoq bilan qaraşmoqda. Deloitte ötkazgan tadqiqotga köra, 26 foiz xitoyliklar robomobillarni xavfsiz emas, deb hisoblamoqdalar. Vaholanki, ötgan yilgi tadqiqotda bunday öylovçilar 62 foizni taşkil etgan. 53 foiz xitoyliklar avtonom texnologiyalar startaplar, 28 foizi an'anaviy avtokompaniyalar va yana 19 foizi axborot texnologiyalari sohasidagi gigantlar tomondan işlab çiqarilişiga işonç bildirganlar.
Aksinça, bor-yöği 23 foiz amerikaliklar va 12 foiz yaponiyaliklar robomobillar yaratilişida startaplarga işonç bildirmoqdalar.
Oxirgi yillarda Xitoyda robomobillar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan kiçik brendlar tobora köpaymoqda. Misol uçun, 400 xodimga ega Byton kompaniyasi uçta davlat bozorida faoliyat olib bormoqda va Las-Vegasdagi CES-2018 körgazmasida özining elektr avtonom yöltanlamasini taqdim qilmoqçi. Yana bir Xitoy markasi Nio keyingi yildan öz robomobilini işlab çiqaradi.
Markit ma'lumotlariga köra, 2017 yilning dastlabki 9 oyi davomida Xitoyda 234 mingdan köproq elektromobil sotilgan, bu ötgan yilgi körsatkiçdan 24 foizga köproq demakdir. Taqqoslaş uçun, şu davr içida AQŞda 140 mingdan köproq elektromobil sotilgan.

















