Kuniga juda bölmasa bir piyola issiq çoy içiş köz körmay qolişining sabablaridan biri bölgan – glaukoma kasalligining rivojlanişi ehtimolini sezilarli kamaytirişi aniqlandi. Bu haqda British Journal of Ophthalmology jurnalidagi maqolada aytilgan.
“Afsuski, biz respondentlarimizning qanday çoy – kök yoki qora çoy içganlarini, ular çoyni qança vaqt damlab qöyganlarini, çoy bilan birga qand yoki şirin ta'm beruvçilar iste'mol qilgan-qilmaganlaridan bexabarmiz. Umuman olganda, bu içimlikni xuş köruvçilar glaukomadan issiq çoyni yoqtirmaydiganlardan kamroq aziyat çekadilar”, deb yozgan Kaliforniya universiteti xodimi Anna Koleman.
Koleman boşçiligidagi olimlar jamoasi 2005 yildan 2012 yilgaça davom etgan, ovqatlaniş va salomatlikni kuzatiş dasturida iştirok etgan 10 mingga yaqin tibbiy xodimning hayotini kuzatib, şunday xulosaga kelişgan.
Loyiha iştirokçilari nafaqat muntazam ravişda tahlillar topşirib, soğliqlarini töliq tekşirtirib turişgan, balki nima yeyiş-içişlari, qançalik yaxşi uxlaşlari va hayotlaridagi boşqa tafsilotlarni gapirib berişgan. Ulardan bir qismi kuzatuvlargaça va undan keyin köz tubi va pardasi sinovlaridan ötganlar.
Olimlar bu ma'lumotlarni örganib, qahva, gazli yoki boşqa salqin içimliklar iste'mol qiluvçilar emas, balki tez-tez issiq çoy içuvçilar hayotlarining keyingi yillarida glaukomadan kamroq aziyat çekkanlarini aniqlaganlar.
Umuman olganda, tadqiqotdan ötgan tibbiy xodimlarning 5 foizi hayotlarining keyingi yillarida glaukomaga uçraganlar va ular har kuni bir finjondan qora yoki kök çoy içişganda, bu kasallikka uçraşlari ehtimoli deyarli 75 foizga kamaygan.
Tadqiqotçilarning fikriça, çoyning közlar salomatligiga ijobiy ta'siri unda katta miqdorda antioksidantlar borligi bilan boğlangan. Bu moddalar közda kimyoviy tajovuzkor molekulalarning töplanişi oqibatida köz hujayralarining ommaviy nobud bölişi jarayonini sekinlaştiradi. Çoydagi flavonoidlar esa közni kislorod va oziqa moddalari bilan ta'minlovçi qon tomirlarini kengaytiradi va bu ham köz ravşanligining barvaqt susayişi oldini olişi mumkin.
Qiziği şundaki, tibbiy xodimlarga faqatgina issiq çoy şunday ijobiy ta'sir qilgan. Çoy içimliklari va salqin çoylar hamda qahva hozirça noma'lum sabablarga köra glaukomaning avj olişiga heç qança ta'sir qilmagan. Olimlarning umid qilişiça, ular kelgusida buning javobini topişga muvaffaq böladilar.
Glaukoma – köriş qobiliyatining yöqolişiga olib keluvçi kasallik bölib, unda köz içida bosimning kötarilişi sababli köz pardasi hujayralari yemirilişi yuz beradi, közning köriş nervlari öz xususiyatini yöqotadi, köriş signallari esa miyaga kelmay qoladi. Buning oqibatida inson yaxşi körmay qoladi.
















