Şifokor: köz kasalliklari içida şundayi borki, agar vaqtida davolanmasa, közi ojizlikka sabab bölişi mumkin
|00:17 / 10.03.2019322 9739 min
Kun.uz «Soğlom hayot» loyihasi orqali bugungi kunda köp uçraydigan kasalliklar haqida foydali va kerakli ma'lumotlar berib borişda davom etadi.
Bilamizki, köz insonning eng muhim va kerakli a'zolaridan bir hisoblanadi. Közlarimiz orqali bu yoruğ olamni köramiz, asosiy ma'lumotlarni olamiz. Lekin afsuski köz kasalliklari içida şunday kasallik borki agar vaqtida aniqlanib davolanmasa, insonning közi ojiz bölib qolişi mumkin.
Bu köz kasalligi - glaukoma.
Şifokor Aziz Zohidov bilan ayni şu mavzuda suhbat qurdik.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Glaukoma haqida qisqaça tavsif
Glaukoma – közi ojizlik, nogironlikka olib keluvçi oğir, ijtimoiy ahamiyatga ega bölgan köz kasalligi hisoblanadi. Bugungi kunda dunyo böyiça 100 milliondan ortiq inson glaukoma bilan xastalangan. Şundan 40 millionga yaqini közi ojiz bemorlardir. Xuddi şu miqdordagi bemorlar hali özida bu xastalik borligini bilmasdan közi ojizlik rivojlanib borayotganligi ma'lum. Faqat öz vaqtida aniqlab töğri davolangan holda közi ojizlikning oldini oliş mumkin. Şularni hisobga olgan holda Butunjahon soğliqni saqlaş taşkiloti glaukomani ijtimoiy ahamiyatga ega bulgan muhim kasalliklar ruyxatiga kiritgan. Har yili mart oyining ikkinçi haftasi dunyoda «Jahon glaukoma haftaligi» taşkillaştiriladi. 2019 yil 10 – 16 mart kunlarida ham butun jahon böylab glaukomaga qarşi tadbirlar ötkazilişi rejalaştirilgan. Respublikamizda ham 10 yildan buyon bu sanalarda glaukomaga karşi çora tadbirlar, bepul köriklar, aholini tibbiy madaniyatini oşiriş uçun maqolalar, bepul aksiyalar ötkaziladi.
Glaukoma – köz içki bosimi oşişi natijasida köruv nervi atrofiyasi rivojlanişi va közi ojizlikka olib kelişi mumkin bölgan surunkali kasallik. Gluakoma kasalligi boşida belgilarsiz keçib, bemorni heç narsa bezovta qilmaydi. Erta davrlarda uni aniqlaş qiyin, keçki davrda, köruv nervi atrofiyasi rivojlangandan söng bemor körişi xiralaşişini, oğriqni his qiladi va şifokorga murojaat kiladi. Glaukoma kasalligi erta aniqlanib, öz vaqtida töğri davolansagina közi ojizlikning oldini oliş mumkin. Aks holda, glaukoma tufayli rivojlangan köruv nervi atrofiyasi va közi ojizlikni hozirgi kunda davolaş imkoni mavjud emas.
Mavzuga oid
Glaukomani aniqlaş muşkul, lekin davolaş mumkin va lozim.
Glaukomaning qanday belgilari bor?
Glaukoma boşida heç qanday belgilarsiz keçadi va bemor közidan şikoyat qilmaydi. Köz oğrişi, köruv xiralaşişi kasallikning keçki davrlarida bezovta kiladi. Odatda bemorni bir tomonlama tez-tez boş oğrişi, köz oldida vaqti-vaqti bilan tuman bölişi, köz oldida qora doğlar paydo bölişi, yonib turgan lampa oldida kamalaksimon halqa bölişi bezovta qiladi.
Glaukomani qanday qilib erta aniqlaş mumkin?
Glaukomani erta aniqlaş uçun har bir fuqaro şikoyatlari bölmasa ham yiliga kamida bir marta oftalmolog körigidan ötib turişi kerak. Har bir fuqaro öz soğligi uçun mas'uliyat his qilib, köz bosimini ölçatişi, köruv nervi holatini tekşirtiriş lozim. Bugungi kunda Respublikamizning har bir tuman va şahar poliklinikalari köz bosimini ölçaş va köruv nervi holatini kontaksiz, oğriqsiz tekşiriş böyiça zamonaviy uskunalari bilan töliq ta'minlangan.
Köz içki bosimi normada neçaga teng?
– köz içki bosimi normada 24 mm simob ustunidan past bölişi lozim.
Glaukoma qanday davolanadi?
Glaukoma aniqlangandan söng birinçi bölib dorilar, köz tomçilari yordamida davolaniş boşlanadi. Agar tomçilar yordamida davolaş samara bersa, bemor uşbu dorilarni doim tomizib yurişi lozim. Agar belgilangan dori samarasiz bulsa, tekşiriş natijasida boşqa dorilar tavsiya qilinadi. Agar heç bir dori ta'sir kilmasa, boşqa davolaş usullari tavsiya qilinadi.
Lazer nuri yordamida davolaş. Köz içki suyuqligini dimlanişiga sabab bulgan yöllar lazer nuri yordamida oçilib, köz bosimi tuşiriladi. Lazer jarrohligi mutlaqo oğriqsiz va xavfsizdir. Glaukomaning barça turlarida ham lazer nuri samara bermasligi mumkin.
Jarrohlik usulida davolaş. Hozirgi kunda eng samarali usul hisoblanadi. Jarrohlik usuli yuqori samarali bölişi bilan bir qatorda ma'lum nojöya jihatlari bölganligi tufayli birinçi davolaş usuli sifatida qöllanilmaydi.
Köpçilik hollarda öz vaqtida dori tomizmaslik, köz şifokori nazoratida turmaslik, şifokor tavsiyalarini töliq bajarmaslik bemor körişini yomonlaşişi va tiklanmas közi ojizlikka olib keladi.
Kimlar glaukoma bilan kasallanişi ehtimoli baland?
Yaqin qarindoşlarida glaukoma bölgan insonlar, surunkali köz kasalliklari bilan kasallangan bemorlar (miopiya, gipermetropiya, uveit, köz jarohatlari), doimiy köz zöriqişi bilan işlovçilar, migren, qandli diabet, nevrologik kasalliklar bilan xastalangan şaxslarda glaukomaga moyillik böladi.
Glaukoma kasalligi aniqlangan bemorlar uçun maxsus tartib
· Soğligingiz töğri kelgunça mehnat qilişingiz mumkin, faqat asabiy va jismoniy zöriqiş tavsiya qilinmaydi. 10 kg.dan ortiq yuk kötariş tavsiya qilinmaydi;
· Işlayotganda yoki öqiyotganda yoruğlik çap tomondan tuşişi lozim va yetarli yoruğlik bölişi lozim. Har 15 minutda tanaffus qiling;
· Engaşib işlaş tavsiya qilinmaydi. Masalan: agar siz hovlida jöyaklarni tozalamoqçi bölsangiz, çizmoqçi, tikmoqçi bölsangiz uzoq vaqt engaşmasdan stulçada ötirib işlaş tavsiya qilinadi;
· Köz uçun maşqlar qilib turiş foydali;
· Umumiy holatingizga e'tibor bering. Yurak, qon-tomir tizimi, öpka kasalliklari, qandli diabet, buyrak va jigar kasalliklari közingiz holatiga salbiy ta'sir körsatadi;
· Televizor köriş taqiqlanmaydi, faqat boşingizni töğri tutib, yaxşi yoritilgan xonada köring. Çiroqni öçirib, uzoq vaqt televizor köriş tavsiya qilinmaydi;
· Böyinni qisib turuvçi, tor yelkali sviterlar, kiyimlar va galstuklar taqmang;
· Çekiş mutlaqo mumkin emas! Alkogol iste'mol qiliş qon-tomir sistemasiga va közga ham salbiy ta'sir körsatadi;
· Issiq hammom tavsiya qilinmaydi;
· Uzoq vaqt quyoşda qoliş tavsiya qilinmaydi. Quyoşdan himoya qiluvçi közoynaklardan foydalaning (glaukoma uçun maxsus yaşil filtrli közoynaklar mavjud). Qoronği xonada ham uzoq vaqt qolmang;
· Tungi uyqu va keçki sayrlar foydali. Uyqusizlik salbiy ta'sir körsatadi. Yotişdan oldin oyoğingizga issiq vanna qiliş, bir qoşiq asal iste'mol qiliş foydali;
· Maxsus parhez talab qilinmaydi. Qöy göşti, yoğli, aççiq ovqatlarni çegaralang. Vitaminlarga boy oziqlarni (sabzavotlar, mevalar, baliq) köproq iste'mol qiling;
· Birdaniga köp suyuqlik iste'mol qilmang. Çoy va boşqa kofeinli içimliklar közda qon aylanişini yaxşilaydi. Agar siz kofe içişni odat qilgan bölsangiz «Kofe sinamasi»dan öting, buning uçun sizning köz içki bosimingiz kofe içişdan oldin va 1 soat keyin ölçab köriladi. Agar köz bosimi sezilarli darajada kuzatilmasa, sizga kofe içişda çegaralaniş yöq;
· Şifokor tavsiya qilgan dorilarni öz vaqtida tomizing. Uyingizdan biror joyga ketmoqçi bölsangiz özingiz bilan köz tomizğilarini oliş yoddan çiqmasin;
· Şifokor körigiga har oyda borib turing.
Ma'lumot örnida eslatib ötamiz : 2019 yil 10 – 16 mart kunlari siz yaşab turgan tuman va şaxar poliklinikalarida va ba'zi xususiy şifoxonalarda bepul va töliq oftalmologik körikdan ötişingiz mumkin. Bunda köz bosimingizni ölçaşni va köz tubini tekşirib, köruv nervi holatini aniqlaşni şifokordan söraşni unutmang.