Qirğiziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov 14 dekabr kuni Özbekiston Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi spikeri Nuriddinjon Ismoilov bilan uçraşuv çoğida Qirğiziston Jöqorğu Keneşi delegatsiyasining Özbekistonga 21 dekabr kuni amalga oşiriladigan taşrifi parlamentlararo aloqalarni mustahkamlaşga turtki berişini ta'kidlab ötdi.

Sooranbay Jeenbekov bu yil mamlakatlar örtasidagi munosabatlar tarixida tub buriliş davriga aylanganini ta'kidladi hamda davlatlar örtasidagi munosabatlarning bugungi holatini saqlab qoliş va davom ettiriş juda muhim ekanini qayd etdi.

Ta'kidlandiki, prezident Şavkat Mirziyoyevning Qirğizistonga davlat taşrifi çoğida imzolangan Parlamentlararo hamkorlik töğrisidagi memorandum bu sohadagi aloqalarni rivojlantirişda muhim ahamiyatga ega.