Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 15 dekabr kuni Qoraqalpoğiston Respublikasiga taşrif buyurdi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.

Davlat rahbari 2017 yil 20-21 yanvar kunlari Qoraqalpoğistonda bölib, hudud iqtisodiyotini rivojlantiriş, ijtimoiy şaroitlarni yaxşilaş böyiça tizimli çora-tadbirlarni belgilab bergan edi. Ötgan vaqt mobaynida ular töla amalga oşirildi. 

Taşrif yakunlariga köra işlab çiqilgan dasturga muvofiq, sanoatni rivojlantiriş borasida umumiy qiymati 160 milliard sömga yaqin 242 ta loyiha bajarildi. Bu qariyb 4 mingta iş örni taşkil etiş imkonini berdi. 

Masalan, Qoraözak tumanidagi “Qoraqalpoq sement” korxonasida birinçi bosqiçda yiliga 200 ming tonna sement, Nukus şahridagi “Texnik global” korxonasida “Samsung” brendi ostida yiliga 150 ming dona televizor, “Nukus polimer” korxonasida yiliga 8 ming tonna polietilen truba va xöjalik buyumlari işlab çiqariş yölga qöyildi. 

Törtköl tumanidagi “Vegateks global” korxonasida yiliga 5 ming tonna ip-kalava işlab çiqarilmoqda. 

Qoraqalpoq eli uçun nihoyatda muhim va dolzarb masala bölgan içimlik suvi muammosi yillar davomida hal etilmay kelayotgan edi. Şuni inobatga olib, qisqa vaqt davomida 101 kilometrlik “Qönğirot-Möynoq” suv quvuri va “Qönğirot” suv taqsimlaş inşooti qurib bitkazildi. Buning natijasida Möynoq tumanidagi 25 ming aholi toza içimlik suvi bilan ta'minlandi. 

Bundan taşqari, investitsiya dasturiga muvofiq byudjyet mablağlari va Orolböyi hududini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan mavjud suv tarmoqlari rekonstruksiya qilindi va yangilandi. Şu tariqa 35 ta aholi punktida 50 mingdan ziyod odam içimlik suvi bilan ta'minlangani bu boradagi işlarning izçil davomi böldi. 

Nafaqat Qoraqalpoğiston, balki butun mamlakatimizning faxri bölgan, dunyoda “Sahrodagi Luvr” deb şuhrat qozongan I.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san'at muzeyining muhtaşam ikkinçi korpusi qurilib, yuksak xalqaro standartlar asosida jihozlandi va foydalanişga topşirildi. 

Qoraqalpoq davlat ölkaşunoslik muzeyi binosi, Özbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov nomidagi iqtidorli bolalar maktabi, Amir Temur nomidagi istirohat boği, zamonaviy imkoniyatlarga ega bölgan yirik sport majmuasi bunyod etildi. Imom Eşon Muhammad jome masjidi rekonstruksiya qilinib, foydalanişga topşirildi.