Zamonaviy smartfonlar yarim soat içida 50 foizdan oşiqroq quvvatlanişi mumkin. Töğri, ayrimlarga buning uçun qöşimça aksessuarlar zarur böladi, deb yozadi lifehacker.ru.
Tom’s Guide tomonidan ötkazilgan testda uçta yangi iPhone, Samsung Galaxy Note 8, Google Pixel 2, LG V30 va OnePlus 5T sinovdan ötkazildi. Ularning barçasi quvvatidan töliq xalos bölgaç, quvvatlangan va 30 daqiqa va bir soat ötgaç natija yozib olingan.

Apple smartfonlari 29 vattli zaryadlaş qurilmasi bilan sinalgan. Qolganlari esa smartfon komplektida keluvçi zaryadlaş qurilmasi bilan quvvatlantirilgan.
3300 mA·soat batareya bilan ta'minlangan, Dash Charge firmali tezlaştirilgan zaryadlaş texnologiyasiga ega OnePlus 5T smartfoni uşbu sinovda ğolib çiqdi.
Yarim soat içida smartfon 59 foizga, bir soatda 93 foizga zaryadlanadi.
Ikkinçi örin LG V30 ga berildi. Uning akkumulyatori siğimi ham 3300 mA·soat, biroq zaryadlaşga Qualcomm Quick Charge 3.0 texnologiyasi javob beradi va uning natijalari biroz yomonroq böldi: 30 daqiqada 53 foiz, bir soatda 86 foiz.
Uçinçi örinni iPhone X egalladi va uning körsatkiçlari 50 foiz va 81 foizga teng böldi. iPhone 8 va 8 Plus undan biroz ortda qolişdi, Pixel 2 va Galaxy Note 8 esa ança yutqazişdi. Galaxy S8, Galaxy S8+ va Pixel 2 XL ular bilan teng darajada (30 daqiqada 35–38 foiz).
Tom’s Guide flagman smartfonlarning barçasini sinovdan ötkazmagan, şu sababli uşbu röyxatni töliq deb atab bölmaydi. Boşqa sinovlarning natijalariga asoslanib, röyxatni töldiriş mumkin. Masalan, Phandroid ma'lumotlariga köra, Moto Z2 Force ikkinçi öringa da'vogarlik qila oladi. 30 daqiqa içida u 57 foizga, bir soatda 91 foizga zaryadlangan.
Agar CNET’ga işonilsa, yetakçini ötgan yilgi flagman LG G5 siqib çiqarişi mumkin, u 30 daqiqada 61 foizgaça, 78 daqiqa içida töliq zaryadlana oladi. Töğri, uning akkumulyatori siğimi ham sezilarli darajada kiçik — 2800 mA·soat. Batareykasi 3000 mA·soat siğimga ega Oppo R11 ham qiziq natija körsatgan. Garçi u flagmanlar sirasiga kirmasa ham, zaryadlaniş tezligi bilan hayratlantira oladi: 30 daqiqada 65–70 foiz, 65 daqiqada 100 foiz. AndroidAuthority va HardwareZone ham bunday körsatkiçlarni tasdiqlamoqda.
















