Xitoy hukumati rasman Şarqiy Al-Quds şahrini mustaqil Falastinning poytaxti, deb tan oldi. Bu haqda xabar bergan Dawn naşrining yozişiça, «Xitoy hukumati Islomiy davlatlarning Al-Quds yuzasidan bildirayotgan bayonotlarini anglagan holda, BMTda mazkur şahar yuzasidan qabul qilingan rezolyutsiyani qöllab-quvvatlaydi».
Xitoy Taşqi işlar vazirligi Matbuot kotibi Lu Kangning aytişiça, Xitoy tez orada uşbu masalaga nuqta qöyilişi va Falastin davlatçiligi şakllanişidan umidvor.
Eslatib ötamiz, Istanbul şahrida taşkil etilgan Islom hamkorlik taşkilotiga a'zo davlat rahbarlarining navbatdagi sammitida Al-Quds şahrida yuz berayotgan hodisalar yuzasidan deklaratsiya qabul qilingandi. Mazkur Istanbul deklaratsiyasiga köra, taşkilotga a'zo davlatlar Şarqiy Al-Qudsni Falastin poytaxti, deb tan olgan.


















