Qoraqalpoğistonda prezidentning avvalgi taşrifidan söng 2 ming 112 loyiha amalga oşirildi. Sanoat, qişloq xöjaligi va xizmat körsatiş sohalaridagi uşbu loyihalar natijasida eksportbop mahsulotlar işlab çiqariş yölga qöyildi, 11 mingga yaqin iş örni yaratildi, deb xabar bermoqda ÖzA.

Qoraqalpoğiston Respublikasini 2018-2019 yillarda kompleks rivojlantiriş dasturi doirasida yana 1 ming 309 loyiha rejalaştirilgan. Ularni amalga oşirişga taşabbuskor korxonalar va tijorat banklari mablağlari, xorijiy investitsiyalar yönaltiriladi. Buning natijasida yangi mahsulotlar işlab çiqariş özlaştiriladi, mahalliylaştiriş va qayta işlaş darajasi oşadi, 10 mingga yaqin iş örni taşkil etiladi. 

Hudud sanoatini yangi bosqiçga kötariş maqsadida mamlakatdagi yirik korxonalar ham jalb etilgan. Xususan, Navoiy kon-metallurgiya kombinati Taxiatoş tumanida metall konstruksiyalar va nostandart jihozlar, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Qoraözak tumanida temir-beton mahsulotlar va qum-şağal işlab çiqarişi rejalaştirilgan. 

Davlat rahbari Taxiatoş tumaniga taşrifi davomida Qoraqalpoğiston iqtisodiyotini diversifikatsiya qiliş, qöşimça qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş va eksportni kengaytiriş böyiça körsatmalar berdi. 

Tebinbuloq konini özlaştiriş istiqbollariga alohida e'tibor qaratildi. Kon temir rudasining ulkan zaxirasiga ega. Uşbu konni özlaştiriş ikki bosqiçda amalga oşiriladi. Natijada 2021 yildan boşlab yiliga 1 million tonna pölat işlab çiqariş imkoniyati paydo böladi. Bu boradagi işlarni taşkil etiş maqsadida “Özbekiston temir yöllari” aksiyadorlik jamiyati tarkibida direksiya taşkil etildi.