Qoraqalpoğistonliklar taşabbusi prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan qöllab-quvvatlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, prezident Şavkat Mirziyoyev 2018 yilda Maktabgaça ta'lim dasturini davlat va xususiy şeriklik asosida amalga oşiriş böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi rahbariyati va faollarining Nukus şahrida 20 ta tuman va şaharlarda 10 tadan yangi maktabgaça ta'lim muassasasini taşkil etiş böyiça taşabbusini qöllab-quvvatlab, barça hududlar rahbarlarini bu tajribani keng yoyişga da'vat etdi.
Avvalroq Şavkat Mirziyoyev Toşkent davlat agrar universiteti Nukus filialining Çimboy tumanidagi akademik litseyiga taşrif buyurgani xabar qilingandi. Davlat rahbariga şu yerda farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantiriş, dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş, içki bozorni mamlakatda işlab çiqarilgan yuqori sifatli preparatlar bilan töldiriş borasida amalga oşiriladigan istiqbolli loyihalar taqdim etildi. Prezident mazkur soha istiqbolini yuqori baholab, bu borada mutaxassislar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş kerakligini qayd etdi.

















