Nukus şahrida iş boşlagan Samsung zavodiga kiraverişda toş lavhaga şunday sözlar yozilgan: “Uşbu maişiy texnika vositalarini işlab çiqariş zavodi Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil 21 yanvardagi Qoraqalpoğiston Respublikasiga taşrifi davomidagi taşabbusi asosida barpo qilindi. 2017 yil 14 oktabrda zavod dastlabki mahsulotini işlab çiqardi”.
ÖzA’ning yozişiça, Nukus şahridagi sobiq “Nukus Remmaş” mas'uliyati çeklangan jamiyatiga qaraşli bino va inşootlarni rekonstruksiya qiliş va qöşimça binolar quriş hisobiga barpo etilgan zavodda televizorning tört va çangyutgiçning ön uç turi işlab çiqarilmoqda.
Prezident Şavkat Mirziyoyev mazkur zavodni borib kördi.
200 dan ortiq kişi bandligini ta'minlangan zavod eng sönggi rusumdagi uskunalar bilan jihozlangan.
Prezident zavodning işlab çiqariş jarayonini közdan keçirdi. Mahsulotlar sifati va kölami bilan qiziqdi.
Bugun mamlakatimizda maişiy texnika vositalari işlab çiqariş hajmi oşdi. Aholining bu boradagi talabi qondirilmoqda. Endi bu sohada eksport hajmini oşiradigan vaqt keldi, dedi Şavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari zavodda işlab çiqarilayotgan mahsulotlar turini yanada köpaytiriş böyiça topşiriqlar berdi.
Prezidentga “Özeltexsanoat” AK tomonidan kelgusida Qoraqalpoğiston Respublikasida amalga oşirilişi rejalaştirilgan loyihalar taqdim qilindi. Loyihalarda yarim avtomat kir yuviş maşinalari, elektr şkaflar va suv isitiş moslamalari, isitiş moslamalari va radiatorlar, energiyatejamkor lampalar, maişiy texnika vositalarini sotiş va texnik xizmat körsatiş yönalişlari böyiça ma'lumotlar örin olgan.

















