Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qoraqalpoğistonning Çimboy tumanida joylaşgan 8-sonli maktabgaça ta'lim muassasasiga taşrifi vaqtida bolalar boğçalarining eskiça ruhdagi loyihalar asosida qurilişi özini oqlamayotganini ta'kidlab ötdi.
Mirziyoyev bolalar yotoqxonalari va sinfxonalarini şinam va yoruğ qilib, iqlim şaroitlarini hisobga olgan holda quriş lozimligi, xonalar isitiluvçi pollarga ega bölişi kerakligini aytdi. Prezidentning ta'kidlaşiça, yangi bolalar boğçalarini yaratiş loyihalarini tayyorlaşda Janubiy Koreya tajribasini tatbiq qiliş lozim.
Davlatimiz rahbari, şuningdek, soha uçun kadrlarni tayyorlaş tizimini qayta körib çiqiş topşiriğini berdi. Prezidentning ta'kidlaşiça, buning uçun oliy ta'lim muassasalarida maxsus kurslarni taşkillaştiriş lozim, çunki tarbiyaçilarning kasbiy darajasi bolalarning kelajagi uçun muhimdir.
Ayni vaqtda Qoraqalpoğistonda 318 ta, jumladan 3 ta xususiy va turli taşkilotlar tasarrufidagi 7 ta bolalar boğçalari faoliyat yuritadi. Ularda 48,1 ming bola yoki respublikadagi umumiy bolalarning 32 foizi tarbiyalanadi.

















