Prezident taşabbusi bilan işlab çiqilgan Nukusning boş rejasi şaharni 2035 yilgaça ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, infratuzilma va aholi turar-joy şaroitini yaxşilaşga qaratilgan keng kölamli bunyodkorlik loyihalarini qamrab olgan, deb yozmoqda ÖzA. 

Davlat rahbari joriy yil yanvar oyida Qoraqalpoğiston Respublikasiga taşrifi çoğida Nukusning Yernazar Olaköz köçasini rekonstruksiya qiliş loyihasi bilan tanişib, uni yanada takomillaştiriş böyiça zarur taklif va tavsiyalarni bergan edi. 

Rejaga köra, uşbu markaziy köça kengaytirilib, transport harakati uçun yanada qulaylik yaratiladi. Yöl böyida köp qavatli uylar, savdo va maişiy xizmat körsatiş şoxobçalari quriladi. 

Ayni paytda bu yerda zamonaviy loyihalar asosida 5 qavatli 30 turar joy binosi qurib bitkazilmoqda. Imtiyozli ipoteka krediti asosida beriladigan uşbu uylarda yaşaş uçun barça qulayliklar yaratiladi. Uylar 2018 yilda foydalanişga topşiriladi. Kelasi yili uşbu köçada yana 20 uy quriladi. 

Şaharning Abdamboyev köçasida ham arzonlaştirilgan uylardan iborat turar-joy massivi barpo etilmoqda. Joriy yilda qurilgan köp qavatli 7 uy şu kunlarda öz egalariga topşirilmoqda. 

Massivda zamonaviy mahalla markazi, xizmat körsatiş şoxobçalari, gözallik saloni, mini-bank, bolalar öyin maydonçalari barpo etiladi, hudud obodonlaştiriladi. 

Davlat rahbari aholining arzonlaştirilgan uy-joyga qiziqişi ortib borayotganini inobatga olib kelgusi yilda bu yerda yana 15 köp qavatli uy quriş böyiça mutasaddilarga topşiriqlar berdi. 

Şu yerda prezidentning Sergeli tumaniga taşrifi çoğida bergan körsatmalari asosida köp qavatli uylarning 1-qavatida bolalar boğçasi va oilaviy poliklinikani joylaştiriş böyiça işlab çiqilgan loyiha taqdimoti ham ötkazildi. 

Şavkat Mirziyoyev uşbu uylarning afzalligiga e'tibor qaratdi, loyihani takomillaştiriş, köp farzandli oilalar va keksalarga qöşimça şaroitlar yaratiş kerakligini ta'kidladi. 

Toşkent pediatriya-tibbiyot instituti Nukus filiali şifoxonasida amalga oşirilayotgan bunyodkorlik va rekonstruksiya işlari, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining yangi boş öquv binosini quriş, “Dian-plast” mas'uliyati çeklangan jamiyati tomonidan yumşoq yuk konteynerlari işlab çiqariş loyihalari bilan ham tanişib, mutasaddilarga bu boradagi topşiriq va körsatmalarini berdi.