Özbekiston yoşlar terma jamoasi Tailandning Buriram şahrida bölib ötgan M-150 Cup musobaqasi finalida Yaponiya U-23 terma jamoasiga qarşi maydonga tuşdi va penaltilar seriyasiga köra ğoliblikni qölga kiritdi. Bu haqda ÖFF rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Uçraşuvda Zabihillo Örinboyev 43-daqiqada hisobni oçişga muvaffaq böldi. Ammo birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalar ötib borayotgan vaqtda yaponiyaliklar standart vaziyatdan hisobni tenglaştirişga muvaffaq böldi.

Ikkinçi bölim teng kuraşlar bilan boşlandi. Zabihillo Örinboyev 73-daqiqada yana bir bor mahoratini namoyiş qildi va Doniyor Narzullayevning ajoyib uzatmasidan söng ikkinçi golini kiritdi.

Ammo öyin tugaşiga oz fursat qolganda Yaponiya yoşlari yana standart vaziyatdan foydalanişdi, bu safar burçak töpidan söng hisob tenglaşdi.

Öyindan söng ötkazilgan penaltilar seriyasida hamyurtlarimizning qöli baland keldi - 6:5. 

M-150 Cup. FINAL

Özbekiston U-23 - Yaponiya U-23 - 2:2 (1:1)
Penaltilar böyiça — 6:5
Gollar: Zabihillo Örinboyev (45, 73) – Yuta Kamiya (45+2), Yuta Kamiya (88) 
Özbekiston U-23: Botirali Ergaşev, Islom Qobilov, Rustam Aşurmatov, Doniyor Narzullayev, Javohir Siddiqov, Odil Hamrobekov, Xojiakbar Alijonov, Azizjon Ğaniyev, Bobir Abduholiqov, Dostonbek Xamdamov, Zabixillo Örinboyev (s)
Yaponiya U-23: Povell Obinna, Yugo Tatsuta, Xonoya Syouji, Itsuki Urata, Yoiçi Naganuma, Yuta Kamiya (s) , Reo Xatate, Taiki Xirato, Kaoru Mitoma, Şion Inouye, Ayase Uyeda.