Şu yilning 10-16 may kunlari Rossiya poytaxti Moskva şahrida mehribonlik uylari tarbiyalanuvçilari örtasida jahon çempionati ötkazilgan va unda özbekistonlik yoş futbolçilar ğoliblikni qölga kiritgandi. 

Şundan söng, jahon çempionati qahramonlari uçun turli tadbirlar taşkil etildi, sovğalar taqdim etildi. Ana şunday tadbirlardan biri bugun Milliy olimpiya qömitasida bölib ötdi. Unda Milliy olimpiya qömitasi prezidenti Umid Ahmadjonov jahon çempionatida ğolib bölgan futbolçilar bilan uçraşdi. 

MOQ rahbari yoş futbolçilarni tabriklar ekan, bundan keyin ham ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga tayyor ekanligini ma'lum qildi. 

«Özbekistonda turli toifalardagi terma jamoalar bor. Siz ham ana şu terma jamoalardan biri hisoblanasiz. Bundan keyin ham sizlarni qöllab-quvvatlaşga tayyormiz. Kerak bölsa, xorijiy yiğinlar taşkil qilib beramiz. Yiğin doirasida örtoqlik öyinlarida iştirok etasizlar. 

Sizlarga sovğa sifatida milliy terma jamoamiz foydalanadigan ekipirovkalarni taqdim etamiz. Bundan maqsad siz ham terma jamoa a'zosi ekanligingizni his qiling. Ajab emaski, kelajakda orangizdan Özbekiston milliy va olimpiya terma jamoalari uçun munosib futbolçilar yetişib çiqsa. Şuni unutmangki, ortingizda muhtaram Prezidentimiz turibdi», - dedi Umid Ahmadjonov. 

Şundan söng yoş futbolçilar va ularning murabbiyiga terma jamoalarimiz uçun tayyorlangan «Adidas» ekipirovkalari topşirildi. 

Öz navbatida murabbiy Jamşid Asadov körsatilayotgan e'tibor va ğamxörlikdan minnatdor ekanligini, ğalabali yurişni bundan keyin ham davom ettirişlarini aytib ötdi. 

Tadbir söngida Umid Ahmadjonov yoş jahon çempionlari bilan esdalik uçun suratga tuşdi.