Özbekiston yoşlar terma jamoasi Tailandning Buriram şahrida bölib ötgan xalqaro musobaqada munosib iştirok etib, yakunda boş sovrinni qölga kiritişga muvaffaq böldi.

«Qöqon-1912» jamoasi futbolçisi Javohir Siddiqov musobaqaning «Eng yaxşi öyinçisi» sovriniga munosib deb topildi, deya xabar bermoqda ÖFF rasmiy sayti.

«Bu Özbekiston terma jamoasi tarkibidagi dastlabki şaxsiy sovrinim. Terma jamoadagi barça döstlarimga, murabbiylarga katta rahmat aytmoqçiman. Bu hali boşlanişi. Katta ğalabalar hali oldinda», - deya gapirib ötgan Siddiqov.

Şuningdek terma jamoa sardori Zabihillo Örinboyev final uçraşuvining eng yaxşi futbolçisi deb topilgan. Hujumçi final uçraşuvida dubl qayd etgan bölsa, öyindan keyingi penaltilar seriyasida ham raqib darvozasini işğol qildi.

Zabihillo Örinboyev uçraşuvdan söng finalning eng yaxşi öyinçisi sifatida e'tirof etildi va maxsus sovrinni qabul qilib oldi.

Eslatib ötamiz, Özbekiston terma jamoasi mazkur xalqaro musobaqada dastlab guruhda Myanmaga qarşi uçraşuvda 2:2 hisobida durang qayd etgan bölsa,ikkinçi uçraşuvda esa Vetnam terma jamoasi 2:1 hisobida mağlubiyatga uçratilgandi. Guruhda birinçi örinni qölga kiritgan terma jamoamiz a'zolari finalga yöl olişdi.

Finalda Osiyoning eng kuçli terma jamoasi Yaponiyaga qarşi bahs olib borgan Ravşan Haydarov şogirdlari penaltilar seriyasidagi ğalaba evaziga boş sovrinni qölga kiritgandi.